Jahon | 20:54 / 20.05.2021
10323
1 daqiqa o‘qiladi

Misr sayyohlik vizalari uchun yana to‘lov olishni boshladi

Misrda xorijlik sayyohlardan mamlakatga kirish vizasi uchun 25 dollardan yana to‘lov olina boshlandi.

Foto: pixabay.com

Egypt Independent nashrining xabar berishicha, mamlakatda xorijlik sayyohlar uchun bepul viza berish bo‘yicha imtiyozli davr tugadi.

2020 yilda Misr vazirlar mahkamasi pandemiya vaqtida Qizil dengiz kurortlariga keluvchi sayyohlarni viza yig‘imlaridan ozod qilgandi.

Imtiyozli davr 2020 yil 1 noyabrdan 2021 yil 30 aprelgacha davom etgan. Turfirmalar hukumatdan ushbu davrni 2021 yil 1 noyabrgacha uzaytirishni iltimos qilishgan, biroq to‘lov olish qayta yo‘lga qo‘yilgan.

Sayyohlar viza olish uchun xorijiy pasportni taqdim qilishlari kerak bo‘ladi. Vizani safargacha 7 kundan kechikmagan holda onlayn tarzda yoki Misrga kelgandan keyin olish mumkin bo‘ladi.

Onlayn-viza bir martalik (30 kunlik) yoki Misrga 180 kun ichida bir necha marta kelish imkonini beruvchi ko‘p martalik bo‘lishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid