Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri “Suv tanqisligi yildan yilga oğirlaşib bormoqda. Viloyatlarda suvni soatbay ta'minlaş tizimi yölga qöyilgan. Bu yilgi mavjud oğir vaziyatdan kelib çiqib Toşkent şahrida ham soatbay tizimga ötiş ehtimoli bormi?”, deya savol berdi.
“Toşkent şahar suv ta'minoti” MÇJ direktori Maqsud Abbosxonov şunday javob qaytardi:
“Biz suv zaxiralari böyiça Suv xöjaligi vazirligi bilan muntazam iş olib boramiz. Toşkent şahrining 80 foiz ta'minoti Qodiriya suv havzasidan olinadi. Iste'mol eng yuqori bölgan yoz oylarida Toşkent şahriga sutkasiga 2-2,2 mln kub/metrgaça suv yetkazib beramiz. Hozirça zaxiramiz yetarli, soatbay ta'minot tizimiga ötiş rejalaştirilmayapti.
Ammo bizni qiynab turgan muammolardan asosiysi – poytaxtning özida 100 mlrd sömdan ortiq debitor qarzdorlik töplanib qolgan. Bu albatta murakkab masala. Buning yeçimi uçun sohani raqamlaştiriş orqali tölov intizomi va madaniyatini kuçaytiriş, şuningdek, yetkazib berilayotgan içimlik suvi va körsatilgan oqova suv xizmatlari böyiça pul mablağlari oqimi şaffofligini yanada oşiriş orqali korrupsion holatlarning oldini oliş maqsadida, joriy yil 20 maydan 1 iyulgaça pilot loyiha tariqasida Toşkent şahrining Olmazor va Şayxontohur hamda Toşkent viloyatining Qibray tumanlarida nazoratçilar tomonidan xizmatlar uçun aholidan pul undiriş işlari butunlay töxtatiladi.
Özi dunyo tajribasiga qaralsa, rivojlangan davlatlarda debitor qarzdorlik degan tuşunça yöq”, – dedi savolga javoban.
















