Toşkent şahar issiqlik ta’minoti operatori Veolia Energy Tashkent poytaxtdagi isitiş quvurida avariya yuz berganini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, isitiş quvurida avariya holati yuzaga kelgani sababli (issiq suv ta’minotini çeklamagan holda) issiqlik ta’minoti quyidagi manzillarda vaqtinçalik töxtatildi:
- Mirobod tumani — Nukus, Taras Şevçenko, Oybek, Gospital, Amir Temur, Şahrisabz, Buxoro, Sodiq Azimov, Said Baraka köçalari;
- Mirzo Uluğbek tumani — Ts-1, Ts-2 massivlari;
- Yunusobod tumani — massiv Ts-2 va Yahyo Ğulomov köçasi;
- Yakkasaroy tumani — Nukus va Kiçik Beşyoğoç köçalari;
- Yaşnobod tumani — Sodiq Azimov, Istiqlol, Istiqbol, Töytepa, Maxtumquli, Elbek köçalari.
«Quvurdagi muammoni bartaraf etiş maqsadida tezkor avariyaviy-tiklov işlari olib borilmoqda. Veolia Energy Tashkent MÇJ kompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraydi va işlarni belgilangan muddatlarda yakunlaş böyiça zarur çoralarni köradi», — deyiladi xabarda.












