International Hotel Tashkent / Foto: ihthotel.uz

Toşkent şahrida joylaşgan International (Inter Hotel) hamda Lotte City Hotel mehmonxonalaridagi davlat uluşi sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.

Yunusobod tumanidagi International oteli 26 mln dollarga “Smart Fast Stroy” MÇJga sotilgan. Investor uşbu summadan taşqari mehmonxonaning tegişli bank oldidagi 14,7 mln yevrolik kreditini ham öz zimmasiga olgan, şuningdek, 41 mln dollardan ortiq investitsiya kiritiş majburiyatini olgan.

Smart Fast Stroy 2023 yil avgust oyida röyxatdan ötkazilgan. 2023 yil 21 dekabr holatiga kompaniyaning yagona ta’sisçisi va rahbari Muhiddinov Muhiddin Usmon öğli bölgan, hozirda esa MÇJ Aleksandr Valereviç Zaxaryanga tegişli, kompaniya rahbari sifatida Timur Zakirov körsatilgan. Aleksandr Zaxaryan Octo, Octopay, Octotelecom, Octo Games, Octo SMP, Octo Integro va Finance Invest Brok kompaniyalarining ham egasi hisoblanadi.

Davaktivga köra, International mehmonxonasini sotib olişga 6 ta kompaniya qiziqiş bildirgan, lekin ulardan faqat 3 tasi majburiyatga ega takliflar yöllagan. Xususiylaştiriş jarayoniga konsultant sifatida Deloitte, mustaqil baholovçi sifatida Ernst & Young jalb etilgan.

Ta’kidlanişiça, 26 mln dollarlik narx – Ernst & Young baholagan qiymatdan sezilarli yuqori, Deloitte bergan qiymatlar diapazonining yuqori qismida joylaşgan.

Foto: Booking.com

Yunusobodda joylaşgan yana bir mehmonxona – Lotte City Hotel Tashkent esa 20 mln dollar taklif qilgan Alfa Invest suğurta kompaniyasiga sotilgan.

Rasmiy xabarda aytilişiça, obektni xususiylaştirişga 15 ta kompaniya qiziqiş bildirgan, ammo ulardan faqat 3 tasi majburiyatga ega takliflar bilan çiqqan.