Jahon | 11:20 / 22.05.2021
8018
2 daqiqa o‘qiladi

1 iyundan boshlab YouTube’dagi barcha videolarda reklamalar paydo bo‘ladi

Foto: Depositphotos

1 iyundan e'tiboran YouTube videohostingi platformada mavjud bo‘lgan barcha videokliplarga ularni joylashtirganlarning roziligisiz reklama roliklarini qo‘shadi.

Bu qaror haqidagi batafsil ma'lumotni kompaniya veb-saytidagi «Foydalanish shartlari» bo‘limidan topish mumkin.

Endilikda reklamalar sheriklik dasturi doirasida amalga oshiriladi. Ushbu dasturda ishtirok etish uchun ikkita shart bajarilishi talab qilinadi: yiliga kamida mingta abonent va to‘rt ming soatlik ko‘rish.

Shuningdek, amerikalik bo‘lmagan barcha video ijodkorlarining daromadlari qayta ko‘rib chiqiladi va AQSh qonunchiligiga binoan soliqqa tortiladi. Buning uchun ijodkorlar soliq to‘g‘risidagi ma'lumotlari, yuridik shaxs nomi va kanal nomi haqida ma'lumot berishi kerak bo‘ladi. Agar bunday ma'lumotlar taqdim etilmasa, hosting daromadning 24 foizini avtomatik saqlab qolishi mumkin.

Ma'lumot uchun, YouTube bu videohosting xizmati bo‘lib, foydalanuvchilarga videolarni saqlash, yetkazib berish va namoyish qilish xizmatlarini taqdim etadi. Ushbu videohosting dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan ikkinchi ijtimoiy tarmoqdir. Saytda foydalanuvchilarga videolarni yuklab olish, ko‘rish, baholash, fikr bildirish imkoniyatlari beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid