O‘zbekistonlik taekvondochilar ilk bor to‘liq tarkibda Olimpiya o‘yinlarida qatnashadi
Ayollar o‘rtasida Nigora Tursunqulova va Svetlana Osipova, erkaklar o‘rtasida Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Iordaniyaning Ammon shahrida taekvondo bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi lisenzion turnir yakuniga yetib bormoqda. 21 may kungi bahslarda Nigora Tursunqulova va Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 litsenziyasiga ega chiqqan bo‘lsa, 22 may kuni o‘tkazilgan yuqori vaznli taekvondochilar bahslarida Svetlana Osipova olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, Nigora Tursunqulova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritmoqda. U 17 yoshida Rio-2016 olimpiadasida ishtirok etgan edi.
2018 yilgi o‘smirlar Olimpiadasi sovrindori Ulug‘bek Rashitov Olimpiada yo‘lida dastlab Mo‘g‘uliston, so‘ng Vetnam va Qozog‘iston terma jamoasi vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
+67 kg vazn toifasida 4 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tgan. Lisenziyalar finalchilarga taqdim etilishi bois yarim finaldagi g‘alaba ahamiyatli bo‘ldi. Ushbu bosqichda qatnashgan Svetlana Osipova filippinlik Kirsti Aloraga qarshi bahs olib bordi. Butun bellashuvda ustunlik qilgan Osipova 27:5 hisobida g‘alaba qozondi va Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisiga aylandi.
Yana bir ishtirokchi Nikita Rafalovich esa Xalqaro taekvondo federatsiyasi (WT)ning 2020 yil 1 yanvarda e'lon qilgan reytingiga ko‘ra olimpiada litsenziyasiga ega bo‘lgandi.
Shu tariqa taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, natijada o‘z tarixida ilk bor to‘liq tarkib bilan Olimpiadada qatnashadigan bo‘ldi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olgan o‘zbekistonlik taekvondochilarning to‘liq tarkibi:
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+67 kg: Svetlana Osipova
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
Mavzuga oid

16:56 / 11.11.2024
Toshkentlik o‘qituvchi olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilari uchun 1 milliard so‘m mukofot puli oldi

18:03 / 09.09.2024
“Parij olimpiadasi men uchun qiyin kechdi” – Ulug‘bek Rashitov

11:49 / 05.09.2024
Fan olimpiadalari g‘oliblariga beriladigan mukofot daromad solig‘idan ozod etiladi

16:35 / 22.08.2024