O‘zbekiston | 20:30 / 26.05.2021
12485
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar Yerdagi eng katta faol vulqon yaqin orada otilishi mumkinligini aytishdi

Foto: Pinterest

Amerikalik olimlar Havayi orollarida joylashgan dunyodagi eng katta faol vulqon Mauna-Loa yaqin orada otilishini va bu falokatli oqibatlarga olib kelishini prognoz qilishmoqda. Bu haqda olimlarning Phys.Org nashrida chop etilgan maqolasida aytilgan.

Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda vulqon ichida magma to‘planmoqda. Uning tashqariga otilib chiqishi kuchli zilzila va falokatli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.

Olimlar vulqon atrofidagi yer sirti harakatlanishi ortidan 2014 yildan beri kuzatuv olib borishmoqda. Oxirgi yillarda vulqonning o‘ng tomonida sirtning siljishi qayd qilingan, chap tomonida esa hech qanday faollashuv kuzatilmagan.

Maqola mualliflarining ta'kidlashicha, bu holat 6 balli zilzila va vulqon otilishi yuz berishidan darak beradi.

“Agar magma to‘planishi davom etsa, unda vulqon otilishi muqarrar. Biz kuzatuvni davom ettirmoqdamiz”, deb aytilgan maqolada.

Mauna-Loa sayyoradagi eng yirik faol vulqon hisoblanadi. Uning balandligi 4 kmdan ko‘proqni tashkil qiladi. U otilgudek bo‘lsa, undan otilib chiqadigan lava oqishi tezligi yuqoriligi sababli aholini evakuatsiya qilish uchun oz vaqt bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid