Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisi 28 may kuni chaqiriladi
Senat kengashining majlisi o‘tkazildi. Majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Majlisda Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisini 2021 yil 28 may kuni chaqirish to‘g‘risida Senat kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Videokonferensaloqa shaklida ikki kun (28–29 may kunlari) davomida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Shu jumladan, “Transport to‘g‘risida”gi, “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar muhokama qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi to‘g‘risidagi masala ko‘riladi hamda Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining 2020 yil va 2021 yil birinchi choragi yakuni bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitiladi.
Yalpi majlisda ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash bilan bog‘liq muammolar hamda koronavirus pandemiyasidan keyin turizmni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish, shuningdek, boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026