Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 9614ta holatda yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan
Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati
Senat kengashining majlisi o‘tkazildi. Majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Majlisda bir qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, Yer kodeksiga muvofiq, Toshkent viloyatida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar kafolatlari ta'minlanishi holatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitalari tomonidan ushbu masala o‘rganilgan.
Toshkent viloyatida tadbirkorlik sub'yektlari va fuqarolarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari kafolatlari ta'minlanishi, yerdan maqsadli foydalanish yuzasidan amalga oshirilgan salmoqli ishlar bilan bir qatorda, ushbu yo‘nalishda muayyan kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan.
Viloyatda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar kafolatlari ta'minlanishi o‘rganilganda 9614ta holatda 1618 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.
Viloyat hokimi qarori bilan tadbirkorlik sub'yektlariga yer ajratib berishda Qibray, Quyi Chirchiq, Ohangaron, Parkent, Yuqori Chirchiq va Bo‘stonliq tumanlarida Yer kodeksi talablari bajarilmagan, berilgan yer maydonlaridan tadbirkorlar qanday foydalanayotgani yetarlicha nazoratga olinmagan.
Bundan tashqari, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishidan oldin yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmagan va ayrim shaxslarga yetkazilgan zararlar bugungi kungacha ham to‘la qoplanmagan.
Senat kengashi majlisida hokimiyat va mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan ma'lumotnomada keltirilgan holatlar bo‘yicha axboroti eshitildi hamda jiddiy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar masalasini ko‘rib chiqish va ularga tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risida viloyat hokimligi hamda vazirlik va idoralar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026