O‘zbekiston | 11:57 / 27.05.2021
3278
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning 2-dozasini olganlar soni 500 mingga yaqinlashdi
O‘zbekistonda 26 may kuni jami 55 714 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, shulardan 27 139 nafari birinchi bosqichda, 28 575 nafar fuqaro esa ikkinchi bosqichda emlangan.
Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1 738 830 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 499 094 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 239 736 kishini tashkil etmoqda.
26 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni
- Toshkent shahri (7221 doza),
- Toshkent viloyati (6841 doza),
- Farg‘ona viloyati (6242 doza) band qildi.
Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni
- Farg‘ona viloyatida 228082 doza,
- Andijon viloyatida 208562 doza,
- Namangan viloyatida 197215 dozani tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
07:24 / 16.02.2022
YUNISEF O‘zbekistonga vaksina omborlari uchun 500 ming dollarlik uskunalar taqdim etdi
10:58 / 03.02.2022
O‘zbekiston Rossiya vaksinalarini import qilish bo‘yicha top-5 davlat qatoriga kirdi
16:41 / 31.01.2022
O‘zbekistonlik biolog: Ilk vaksina musulmon olimi tomonidan yaratilgan
08:44 / 19.01.2022