O‘zbekiston | 07:58 / 28.05.2021
5302
2 daqiqa o‘qiladi

1 oktyabrga qadar 1000ta tez tibbiy yordam maxsus transport vositalari xarid qilinadi

Foto: KUN.UZ

“Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasining maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, jumladan:

  • xalqaro standartlarga javob beruvchi 7ta Milliy referens laboratoriya yaratiladi;
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan 17 ming 554 nafar xodimning malakasi oshiriladi;
  • 475ta sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari rekonstruksiya qilinadi, kapital ta'mirlanadi va jihozlanadi;
  • COVID-19 infeksiyasini aniqlash uchun test hajmi amaldagi ko‘rsatkichga nisbatan ko‘paytirilib, 500 mingta test sinovlari o‘tkaziladi; 
  • respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021 yil 1 oktyabrga qadar 1 000ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari xarid qilinadi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid