Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqida o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi
Yevropaning dori vositalari bo‘yicha agentligi Pfizer/BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi Comirnaty vaksinasi bilan 12–15 yoshlilarni emlashga ruxsat berdi.
Avval ushbu vaksina bilan faqat 16 yoshdan kattalarni emlash mumkin bo‘lgan.
«Vaksinani 12–15 yoshlilarga qo‘llash 16 yoshdan kattalarga qo‘llash kabi bo‘ladi. U qo‘lning yuqori qismidagi mushakka ikkita inʼeksiya ko‘rinishida 3 haftalik oraliq bilan kiritiladi», deb aytilgan agentlikda.
Vaksina AQShda 2 ming o‘smir ishtirokida o‘tkazilgan sinovlarda 100 foiz samarali ekanini ko‘rsatgan.
Boshqa kompaniyalar ham o‘z vaksinalarini o‘smirlarda sinovdan o‘tkazmoqda. Jumladan, avvalroq Moderna o‘z vaksinasining 12 yoshdan 18 yoshgacha o‘smirlar uchun xavfsiz ekanini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
08:50 / 26.06.2026