28 may kuni Senatining 15-yalpi majlisida Qaşqadaryo viloyati studiyasidan Abdurahim Erkayev DSQ vakillari Senat majlislarida bir neça marta ortiqça soliqlar undirişga yöl qöymaslikni ta'kidlaganiga qaramay, ortiqça soliqlar undirilayotganiga oid savol bilan murojaat qildi.

Savol: Yuridik şaxslarning budjetga tölangan ortiqça soliqlari yuqori bölib qolmoqda. Soliq qömitasi vakillari Senat majlislarida bir neça marta ortiqça soliq tölovlari undirilmasligi bu borada işlab çiqilgan kompyuter dasturlari bunga yöl qöymasligi haqida aytgan edi. Lekin 2020 yil davomida salkam 1 trillion söm ortiqça soliq undirilganligi aytildi. Bunga sabab Mahkama masalasimi yoki joylardagi soliqçilarning layoqatsizligimi?

Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev ortiqça tölovlar undirilmasligi uçun körilayotgan çoralar borasida gapirdi;

«Haqiqatda hisobotda qayd etilganidek ortiqça tölangan soliqlar 2021 yil 1 yanvar holatiga 150,7 mlrd.sömni taşkil etgandi, 2020 yil 1 yanvar holatiga köra bu miqdor (168,1 mlrd.sömni taşkil etib) 17,4 mlrd.sömga kamaygan.

2020 yil 1 avgustdan boşlab soliqlarni inkasso topşiriqnomasi orqali ortiqça undirilişining oldini oliş maqsadida inkasso topşiriqnomalarini şakllantiriş va banklarga yuboriş töliq avtomatlaştirilib (umuman inson omili aralaşmaydi), asossiz ortiqça soliqlarni undirişga butunlay çek qöyildi.

Bundan taşqari, 2020 yil 1 oktyabrdan boşlab, ortiqça tölangan soliqlarni qaytariş yoki hisobga oliş tizimi butunlay yangilanib, soliq tölovçilarga özlarining şaxsiy kabinetlari orqali mavjud ortiqça tölovlarini qaytariş yoki hisobga oliş töğrisida mustaqil ravişda xulosa tayyorlab, DSI orqali Ğaznaçilikka yuboriş imkoniyati yaratildi.

Şuningdek, joriy yil 23 fevralidan boşlab, soliq tölovçilar bilan konstruktiv muloqot qiliş va ularga soliq majburiyatlarini bajarişlarida kömaklaşiş maqsadida «Tadbirkor va Soliqçi» telegram guruhi taşkil etilib, soliq organlari tomonidan ortiqça undirilgan soliqlar töğrisida soliq tölovçilardan kelib tuşayotgan xabarlar zudlik bilan körib çiqilmoqda.

Ortiqça tölangan soliqlarni qaytariş yoki hisobga oliş muddatlarini buzgan va ortiqça tölovlarni qisqartiriş yuzasidan yetarliça iş taşkil etmaganligi uçun soliq organlarining 2020 yilda 79 nafar, joriy yilning I çoragida 38 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanildi hamda 5 nafar rahbar xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi», – dedi DSQ raisi örinbosari.

Şuningdek, u ortiqça tölovlar 10 kun muddatda qaytarib berilayotgani va uşbu muddatni 5 kunga qisqartiriş borasida qöşma qaror loyihasi işlab çiqilgani haqida gapirdi.

«Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi va Davlat bojxona qömitasining 2016 yil 24 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Yöriqnomaga muvofiq ortiqça tölovlarni qaytariş böyiça Ğaznaçilik bölimiga yuborilgan xulosalar köpi bilan 10 kun muddatda soliq tölovçiga töliq qaytarib berilmoqda.

Şuningdek, uşbu muddatni 5 kunga qisqartiriş hamda ortiqça tölovlarni qaytariş muddati buzilgan taqdirda soliq tölovçilarga foiz tölab beriş tartibini joriy etiş maqsadida mazkur yöriqnomaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça qöşma qaror loyihasi tayyorlanib, bugungi kunda Moliya vazirligi tomonidan regulation.gov.uz saytiga joylaştiriş işlari olib borilmoqda.

VMning 2020 yil 14 avgustdagi 489-son qaroriga asosan, QQSni hisobga olgan tölovçilarga 2020 yil davomida jami 9,1 trln.söm QQSning ortiqça summalari qaytarib berilgan va şunça miqdorda soliq tölovçilarning tovar aylanmasi oşişiga amaliy yordam körsatildi», – ta'kidladi Mubin Mirzayev.