Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib beradi
Bugun, 31 may kuni Qashqadaryo viloyat hokimligida maktabgacha ta'lim boshqarmasi faoliyatiga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Nasafnews xabariga ko‘ra, yig‘ilishda viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev jiddiy tanqidga uchragan.
“U viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilish haqida ayrim tumanlarga xabar bermagan. Tashkiliy masalaga e'tibor qilmagani uchun Rustam Yo‘ldoshev 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib to‘laydi. Uning kotibiyat mudiriga esa hayfsan e'lon qilindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barcha tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi rahbarlarini vazifasidan ozod etib, ularni 3 oylik sinov muddatida vazifasini bajaruvchi etib tayinlashni taklif qilgan.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, viloyatda 1694ta maktabgacha ta'lim tashkiloti bor.
“Bugungi kunda viloyatda maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ko‘paytirish orqali ularda bola qamrovini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish ishlari bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan o‘z samarasini bermayapti”, deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, 2019 yilda 248 mln so‘m talon-toroj qilinib, 21 mln so‘m noto‘g‘ri xarajat qilingan. 2020 yilda 326 mln so‘m talon-toroj qilinib, 120 mln so‘m noto‘g‘ri sarf qilingan, 2021 yilning birinchi choragida esa 412 mln so‘m talon-toroj qilinib, 205 mln so‘m budjet mablag‘lari noto‘g‘ri sarf qilingan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026