Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro YTH qurboni bo‘ldi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtning Yangihayot tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida ma'lumot berdi.
2021 yil 21 may kuni taxminan soat 20:00larda Yangihayot tumani Binokor ko‘chasida «Lacetti» avtomobilini boshqarib borgan, 1967 yilda tug‘ilgan S.S. tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda, 1966 yilda tug‘ilgan A.B. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Joriy yilning 27 may kuni tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlariga qaramasdan A.B. hayotdan ko‘z yumgan.
Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan mazkur fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:48 / 06.05.2026
5 kunda 40 ta holat: bolalar buyum emas
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
20:59 / 05.05.2026
Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
16:34 / 04.05.2026