Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi smartfonni 8 daqiqada to‘liq quvvatlashga imkon beruvchi texnologiyani taqdim etdi
Xiaomi mobil qurilmani sanoqli daqiqalarda to‘liq quvvatlash imkonini beruvchi tezkor texnologiyani taqdim etdi.
HyperCharge deb nomlangan texnologiya simsiz va simli variantlarda ishlab chiqilgan. Simli variant 200 Vt quvvatga ega bo‘lib, 4000 mA-soatli akkumulyatorga ega smartfonni 8 daqiqada to‘liq quvvatlay oladi.
Quvvati 120 Vtni tashkil qiluvchi simsiz quvvatlagichning ishlashi Mi 11 Pro smartfonining maxsus modifikatsiyasida namoyish qilindi. Smartfon 7 daqiqa ichida 50 foizga, 15 daqiqada esa to‘liq quvvatlanishga ulgurgan.
Kompaniya yangi texnologiya seriyali qurilmalarda qachon paydo bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.
Ta'kidlanishicha, kompaniya mutaxassislari tezkor quvvatlashda smartfon qizib ketishi muammosini hal qilishlari kerak bo‘ladi, chunki u batareyaning ishlash muddatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
00:56 / 20.04.2026
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi
22:37 / 29.03.2026