Xiaomi kompaniyasi yangi avlod budjet noutbuklari — Redmi Book 2026 modellarini sotuvga çiqardi. Ular ikki xil ölçamda bölib, texnik jihatdan deyarli farq qilmaydi.

Har ikki noutbuk Intel Core Ultra 5 125H protsessorida işlaydi va 16 GBdan 32 GBgaça LPDDR5X tezkor xotiraga ega.

14 dyuymli versiya 2880×1800 aniqlikdagi 120 Gs çastotali ekran bilan jihozlangan bölib, oğirligi 1,49 kg.

16 dyuymli model 2560×1600 aniqlikka ega va u ham 120 Gs çastotali. Oğirligi esa 1,86 kg.

Foto: Xiaomi 

Noutbuklar ikkita USB-A 3.2 Gen 1, 3,5 mm audio tirqiş, HDMI çiqişi va ikkita USB-C porti bilan jihozlangan.

Redmi Book 14 2026 narxi 16+512 GB versiyasi uçun 5499 yuan (taxminan 806 dollar)dan boşlanadi, xuddi şu xotira hajmiga ega 16 dyuymli Redmi Book 16 2026 esa 5699 yuan (taxminan 836 dollar) turadi.