Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Senati raisi O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi
Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.
2021 yil 3-4 iyun kunlari Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabar qildi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif doirasida “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gul qo‘yish, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Hazrati Imom”, Shayx Xovandi Tohur majmualari, “Qaldirg‘ochbiy” maqbarasi, “Texnopark”ga tashrif buyurish, ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o‘tkazish ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026