11:17 / 03.06.2021
3776

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina olganlar soni 1,4 mln kishidan oshdi

O‘zbekistonda 2 iyun kuni jami 55 102 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shulardan 23 789 nafari birinchi bosqichda, 30 339 nafar fuqaro ikkinchi bosqichda hamda 974 nafar fuqaro esa uchinchi bosqichda emlangan.

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 2 191 525 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 2256 dozasi uchinchi va 786 290 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llangan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 402 979 kishini tashkil etmoqda.

2 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Andijon viloyati (7045 doza),
  • Namangan viloyati (6327 doza),
  • Toshkent viloyati (6080 doza) band qildi.

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni

  • Farg‘ona viloyatida 280 506 doza,
  • Namangan viloyatida 257 550 doza,
  • Andijon viloyatida 249 364 doza,
  • Samarqand viloyatida 208 307 dozani tashkil qilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda chet elga ketadigan talabalar va OAV xodimlari 31 maydan koronavirusga qarshi emlanishi, o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlanganlarga 3-dozani qo‘llash boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top