Jahon | 23:04 / 03.06.2021
7842
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda qo‘riqxonadan qochib ketgan fillar to‘dasi qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazdi

Aprelda Xitoydagi qo‘riqxonadan qochib ketgan 15ta fil Yunnan provinsiyasidagi dalalar orqali 500 km yo‘l o‘tib, o‘z ortidan ko‘plab talafotlar qoldirdi.

Fillar qo‘riqxonani tark etganining sababi ma'lum emas. Biroq ular o‘z «sayohati» davomida jami 8,9 mln yuanga teng zarar yetkazgan. Ta'kidlanishicha, fillar Yuanszyan va Shipin uyezdlarining o‘zida 56 gektar ekin maydonlarini payhon qilgan. Bu esa 6,8 mln yuan zarar keltirgan.

Hukumat fillar Yuysi shahrida ko‘rinish bergandan keyin ular ortidan kuzatish markazini tashkil etgan. Ushbu vazifani bajarish uchun 360dan ko‘proq odam, 76ta politsiya mashinasi, kuchli yuk mashinalari va 9ta dron safarbar qilingan. Kuzatuv davomida olingan suratlar to‘da 6tadan erkak va urg‘ochi fil hamda 3 filchadan iboratligini ko‘rsatgan.

Osiyo fillari qit'adagi eng katta sutemizuvchi hayvonlar hisoblanadi. Ular Xitoyda muhofaza ostiga olingan va Yunnan provinsiyasida 300ga yaqin fil yashaydi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid