Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng arzon 5G smartfon taqdim etildi
Qurilma 6,6 dyuymli IPS-ekran, MediaTek Dimensity 700 protsessori, 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt doimiy xotira bilan jihozlangan. Devays 48,5 va 2 megapikselli uchta kamera, daktiloskopik sensor, 5000 milliamper-soat hajmli akkumulyatorga ega.
Samsung kompaniyasi 5G tarmog‘ida ishlaydigan Galaxy A22 smartfoni taqdimotini o‘tkazdi.
Qurilma 6,6 dyuymli IPS-ekran, MediaTek Dimensity 700 protsessori, 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt doimiy xotira bilan jihozlangan. Devays 48, 5 va 2 megapikselli uchta kamera, daktiloskopik sensor, 5000 milliamper-soat hajmli akkumulyatorga ega.
Smartfonga Android 11 operatsion tizimi o‘rnatilgan. Ma'lumot berilishicha, Galaxy A22 eng arzon 5G smartfon hisoblanadi. Yevropada uning 64 gigabaytli versiyasi 229 yevro, 128 gigabaytli versiyasi esa 249 yevro turadi.
Samsung, shuningdek, smartfonning 4G tarmog‘ida ishlaydigan soddalashtirilgan versiyasini ham taqdim qildi. U 6,4 dyuymli OLED-ekran va MediaTek Helio G80 protsessori bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
09:12 / 19.03.2026
Hindiston O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini joriy etishni taklif qildi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026
Samsung’dan mobil suratga olishning yangi davri
20:35 / 08.02.2026