Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Eksimbanki tibbiyot markazi qurilishi uchun 124 mln dollar ajratadi
Vazirlar Mahkamasining “Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan moliyaviy hamkorlikda "Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Koreya Respublikasi hukumati tomonidan 2019 yil 27 iyunda Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) tomonidan "Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish" loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga 0,15 yillik foiz stavkasida jami 124 mln dollar ekvivalentidan oshmaydigan miqdorda Koreya vonida imtiyozli qarz ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati va EDCF jamg‘armasi o‘rtasida 2021 yil 28 yanvarda loyiha yuzasidan qarz bitimi imzolangan.
Qaror bilan belgilanishicha:
- O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi EDCF jamg‘armasi qarzidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
- "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ EDCF jamg‘armasi qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi;
- EDCF jamg‘armasi bo‘yicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz, vositachilik haqi hamda boshqa to‘lovlarni qoplash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoplanadi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- "Kattalar uchun ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish" loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
- asosiy qarz, unga hisoblangan foiz va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvali.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda loyiha doirasida olib kelinadigan tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni, istisno tariqasida, davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda majburiy sertifikatlashdan ozod etgan holda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish topshirildi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026