Bahodir aka yoşligida bir qölidan ayrilgan. 1997–1998 yillar uyi qarşisidagi ğişt zavodi lentasiga qöli kirib ketadi.

«Öşa voqeadan 15 kun ötib özimga kelganman. Odamlar eng qiyini qöldan yoki umuman qaysidir tana a'zosidan ajraliş deb öylaydi. Menda aksi bölgan. Haqiqiy oğriq qölimni yöqotgandan keyin boşlangan. Qöldan ayriliş fojia emas. Unga könikiş, odamlarning gap-söziga, ruhiy bosimga doş beriş qiyin. 

2000 yildan beri traktor haydayman. Bu traktorni 2012 yilda oldim. 2018 yilgaça fermer bölib işladim. Söng fermerlikni töxtatdim. Yerimiz maqbullaştirişga tuşdi. Hozirgi kunda qişloqda iş bölsa, traktorda işlaymiz», – deydi Bahodir Abdullayev. 

«Fermerlikda kultivatsiyani ham, boşqani ham özim qilardim. Traktorim bilan paxtani ölçab oladigan ham, uni zavodga topşiradigan ham, traktorçi ham özim edim.

Barçasiga könikkanman. Şunga örgandim. Boşingga tuşgandan keyin avval qiynalasan, keyin örganib ketasan. Hozir Qozoğistondagi Muxtar Avezov institutining 3-bosqiçida öqiyman.

Köpçilik bir qöling bilan uylana olmaysan, senga heç kim qizini bermaydi, degandi. 2019 yilda uylandim. Xudoga şukr, ikki qiz, bir öğlim bor. 

Odamlarning gap-söziga qarab, heç kim bilan urişib yurmadim. Foydasi yöq narsa baribir. Aytgan aytib-aytib qöyadi. Biroq hozirgi kunda maşina ham, texnikaning barça turini ham hayday olaman. Ikki qölli odam qilgan işni bir qölim bilan bemalol bajara olaman», – deydi taxiatoşlik mirişkor.

Qahramonimiz bir qöli yöqligiga qaramasdan harakatdan töxtamadi. Taqdir zarbalariga sabr qilib, mehnat qilişda davom etdi. Hozirda 3 nafar farzandning otasi. Qozoğistondagi OTMlarning birida pedagogika sohasi böyiça tahsil olmoqda. Şu bilan birga, u fermer xöjaligida traktorçi bölib işlayapti.

«Aytgan aytib-aytib qöyadi...» Bu Bahodir akaning hayotdagi şioriga monand. U jismoniy imkoniyati çeklanganiga qaramasdan, hayotdagi maqsadi tomon tinimsiz harakat qildi. Bugunga kelib qişloqda uni heç kim bir qöli yöq deb aytmaydi. Naymankölliklar nazdida u tinib-tinçimas haqiqiy bahodir.