«Oramizdagi odamlar» ruknining bu galgi qahramoni oddiy dehqon oilasida tuğilgan riştonlik Gulira’no Xoliqova. U 13 yoşidan buyon traktor minadi. Agrar sohada oliy ta’lim olgaç otasi fermerlikni unga topşirdi. Farğona şahriga kelin bölib tuşgan Gulira’no şaxsiy avtomobilida har kuni 70 kilometr yöl bosib, özi rahbarlik qiladigan fermer xöjaligi dala maydoniga keladi. U dala işlaridan ortib kelinlik vazifalarini ham uddalayotganini aytadi.
“Traktorga ötirganimda birinçi haydaşni örgangan paytlarim esimga tuşadi. T-28 traktorimiz bölardi, öşanda örgandim. 13-14 yoş paytlarim edi, pedalni bosişga kuçim yetmasdi. Umuman, texnikaga qiziqişim maktabga çiqmasimdan boşlangan.

Maktabni tamomlaganimdan keyin texnika örganiş va haydovçilik guvohnomasini oliş uçun avto-transport kollejiga öqişga kirdim. Odam baribir özi yaxşi körgan işini qilişi kerak. Fermer xöjaligi rahbari bölsam ham, traktor haydab turaman, yaxşi köraman şuni.

Öz vaqtida işonmaganlarga şu işlarni qilişimni isbotlamoqçi bölib tirişganman. Köpçilik bunday oğir texnikalarni boşqariş qiyin, oğirlik qilmaydimi, deb söraydi. Yengil avtomobildan köra traktor boşqariş oson tuyuladi. Odamlarning salbiy fikrlariga e’tibor bermaganman, hozir endi köpçilik havas qiladi.

Turmuşga çiqqanimga bir oy ham bölgani yöq. Turmuş örtoğimdan fikrini söraganman boşida. Ulardan xursand qiladigan javob oldim. Meni qöllovçi inson bölib qöşildi turmuş örtoğim. Kasbingizni, hamkasblaringizni hurmat qilaman, degani meni ruhlantirdi.
Kelajakda farzandim şu kasbga qiziqsa, qarşilik qilmayman. Umuman, bolalarimni özi sevgan kasbiga yönaltirişni niyat qilaman, mening ota-onam ham şunday qilgan”, – deydi u.
Yölçiboy aka qizi tufayli fermer xöjaligida yuqori natijalarni qölga kiritganini ta’kidladi:

“Öğlim yöqligidan xafa bölmayman. Qizim önta öğilning örnini bosadi, qilayotgan işlarini xalq körib turibdi. Barça turdagi qişloq xöjaligi texnikasini boşqara oladi. Qizimni qişloq xöjaligi sohasida öqitganimdan afsuslanmayman. Özim ham fermer bölganman, lekin qizimdek natijalarga erişganim yöq edi.

2016 yildan beri fermer xöjalikni özi boşqaradi. Işlarni ilm bilan qilayotgani uçun yaxşi natijalarga erişyapmiz. Qişloq xöjaligida 20 yildan ortiq işlab, 100 foiz rejani bajarganim yöq edi, lekin qizim buni uddaladi.

Ikki farzandim ham qiz. Katta qizim unça qiziqmasdi texnikaga. Lekin Gulira’no juda işqiboz. 4-sinf paytlari maşina mina olardi. Dalada işlayotganimda menga tuşlik olib kelganda texnikalarni minib körib, keyin uyga ketardi. Hozir qizimga töliq işonaman, şu sohaning mutaxassisi u, biladi. Turmuşga çiqqan bölsa ham, baribir özi boşqaradi fermer xöjalikni. Özining şaxsiy avtomobili bor, qişloqqa qatnab, fermer xöjaligini boşqaryapti. Qizim bilan faxrlanaman, önta öğil qilmagan işni qiladi”, – deydi Yölçiboy aka.
Gulira’noning onasi Ozoda opa ham traktor boşqara olar ekan.

“Özim ham traktor boşqara olaman, hozir ham haydab turaman. Texnikaga qiziqiş menda ham bölgani uçun qizimga ötgan deb öylayman. Yoşligimda qöşnimizning traktorini haydab körardim.
Öğilning örnini bosadigan qizlarim bor, şukr. Köp narsa qölidan keladi. Dala işlariniyam qiladi. Öğlim yöq deb xafa bölmaganman, öğil örnini bildirişmadi qizlarim. Hajga ham jönatişdi. Fermer xöjalikni ham çiroyli yuritişyapti”, – deydi u.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Asror Almurodov








