7 avgust kuni xalq deputatlari Taxiatoş tumani kengaşining navbatdan taşqari 80-sessiyasi bölib ötdi. Unda Kamiljan Kurbanbayeviç Aytbayev hududning yangi hokimi etib tayinlandi.

Aytbayev faoliyati davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi taşqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri örinbosari vazifasini bajaruvçi, Xöjayli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytiriş masalalari böyiça yordamçisi lavozimlarida işlagan.
Bunga qadar u Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği lavozimida faoliyat olib borayotgandi.
Şu kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Qoraözak tumaniga Anvar Maxsetoviç Baymuratov hokim etib tayinlandi.

Baymuratov 1983 yil 11 iyulda Nukus şahrida tuğilgan.
2020 yildan bugunga qadar Qoraözak tumani hokimining örinbosari — investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
U, şuningdek, Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi, Qoraqalpoğiston Xususiylaştirilgan korxonalarga kumaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş qömitasi, Qoraqalpoğiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida ma’suliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Qoraqalpoğistonning Taxiatoş tumaniga 2023 yil aprelidan buyon Daniyar Kurbanov, Qoraözak tumaniga 2020 yil noyabridan buyon Uzaqbergen Utambetov rahbarlik qilib kelayotgandi. Ularning ikkisi ham 2024 yil iyulida prezident raisligidagi videoselektorda işdan olingandi.

















