Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krasnoyarsk o‘lkasida O‘zbekiston va Rossiya maxsus kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi
8-13 iyun kunlari Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi Sayan tog‘larida joylashgan “Yergaki” harbiy-sport tayyorgarligi markazida Rossiya markaziy harbiy okrugi va O‘zbekiston maxsus kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Rossiya tomonining xabar berishicha, mashg‘ulotlar davomida ikki davlat razvedka guruhlari maxsus aslaha-anjomlardan foydalangan holda murakkab tog‘-o‘rmon hududidan kechib o‘tadi hamda qidiruv-razvedka harakatlarini olib boradi. So‘ngra harbiylar shartli noqonuniy tuzilmaning tayanch lagerini egallab olish, asirni qo‘lga olish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yaralanganlarni evakuatsiya qilish harakatlarini mashq qilishadi. Bundan tashqari, ular shartli dushman hududida yegulik topishdagi mahoratlarini ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keladi.
Mashg‘ulotlarda razvedka texnik vositalarini, jumladan turli modifikatsiyadagi lazer uskunalarini o‘zlashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026