Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyaning eng yirik aviakompaniyasida jinoyatchilarga aloqador o‘nlab odamlar ishlashi ma'lum qilindi
Avstraliyaning eng yirik aviakompaniyasi Qantas xodimlari orasida uyushgan jinoiy guruhlarning 150ga yaqin odami ishlashi ma'lum qilindi. Bu haqda Avstraliya maxsus xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan Project Brunello maxfiy operatsiyasi natijalariga tayanib The Sydney Morning Herald nashri ma'lum qildi.
Maxsus xizmatlar ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya xodimlari orasiga jinoiy elementlarning singdirilishi jinoiy guruhlarga giyohvand moddalarni tashish va milliy xavfsizlikka xavf soluvchi boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish imkonini beradi.
Maxsus xizmatlardagi manbalarning ta'kidlashicha, Qantas xodimlari orasiga kiritilgan va eng katta xavotir tug‘diruvchi shaxslardan biri xalqaro narkokartel boshlig‘i Xakan Ayikka aloqador odam hisoblanadi. U aviakompaniyaning Sidney aeroportidagi bo‘limida o‘rta bo‘g‘in boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs giyohvand moddalarni tashish uchun aviakompaniyaga jinoyatchilarni ishga joylash bilan shug‘ullangan. Ta'kidlanishicha, aviakompaniyaga kirib olgan boshqa xavfli shaxslar orasida ekstremizm, bolalar ekspluatatsiyasi, jumladan, bolalar pornografiyasi bilan shug‘ullanuvchi odamlar bor.
Qantas vakillari maxsus xizmatlar taqdim qilgan ma'lumotlardan jiddiy xavotirga tushib, mutasaddi idoralar bilan hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirishgan. Bu orada parlamentdagi muxolifat paydo bo‘lgan ushbu axborot ortida mamlakatning barcha aeroportlarini zudlik bilan tekshirishni talab qilgan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
22:52 / 29.03.2026