Jamiyat | 20:24 / 07.06.2021
2446
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda o‘z tomorqasida ko‘knor o‘stirayotgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida o‘z tomorqasida ko‘knor giyohvand o‘simligini parvarishlayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Qoradori-2021» tezkor profilaktik tadbiri davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, tadbir davomida Kitob tumani istiqomat qiluvchi fuqaro Yo.Q.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, xonadon tomorqasida 7 tup nasha o‘simligi va 143 tup ko‘knor o‘simligi qonunga zid ravishda parvarishlab kelayotgani aniqlangan. 

Shuningdek, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro T.G.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yashash xonalarida maxsus yog‘och qutilardan tayyorlangan idishlarda 7 tup giyohvand o‘simliklar parvarishlab kelayotgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan har ikki shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid