Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona shahridagi sodir bo‘lgan yong‘inda 6 kishining hayoti saqlab qolindi

7 iyun kuni soat 10:05da Farg‘ona shahar, «Bobur» MFY, A.Qodiriy ko‘chasi ko‘p qavatli 28-uyning 62-xonadoni balkonida uy jihozlari yongan. Yong‘in paytida 6 kishining hayoti saqlab qolingan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz ga xabar bermoqda.
Bildirilishicha, Farg‘ona shahar Bobur mahallasi A.Qodiriy ko‘chasi ko‘p qavatli 28-uyning 62-xonadonda yashovchi 57 yoshli D.V. uyi balkonining 8 kvadrat/metr maydonida uy jihozlari yongan. Yong‘in tarqalishi oqibatida yuqoridagi 66-xonadonda yashovchi 31 yoshli M.Yu.ning uyi balkonining 6 kvadrat/metr maydonida uy jihozlari hamda qo‘shnisi 70-xonadonda yashovchi 66 yoshli X.S.ning uyi balkonining 6 kvadrat/metr maydonida uy jihozlari yongan.
Yong‘indan 6 nafar fuqarolar yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan qutqarilib, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Voqea joyiga 10:15 da yetib borilib, soat 10:17 da olov to‘liq qurshab olingan.10:30 da esa tilsiz yovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Yong‘indan uylarning 120 kvadrat/metr maydoni saqlab qolingan.
Avvalroq Qo‘qon shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida lavha berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
Mavzuga oid

21:20 / 11.07.2025
Toshkentda savdo korxonasida yong‘in chiqdi

10:41 / 11.07.2025
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi

10:03 / 11.07.2025
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

23:00 / 10.07.2025