Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlari sifati va xavfsizligiga o‘zlari kafolat beradigan tizimga o‘tilmoqda» – Agentlik

900dan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari uchun qayta sertifikatlash tizimi tugatiladi. Bundan tashqari, deklaratsiyalash mexanizmini amaliyotga qo‘llash orqali korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan bir qancha mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga o‘zlari kafolat beradi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligida Texnik jihatdan tartibga solish agentligining tuzilishi va sohada amalga oshirilishi kutilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Yangi tuzilgan agentlik direktori Dilshod Sattorovning ta'kidlashicha, bir qancha mahsulotlarga takroriy sertifikatlash talablari bekor qilinmoqda.
«Bugungi kungacha mavjud bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga takroriy sertifikatlashni talab etadigan me'yor va talabning bekor qilinishi 900dan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari uchun qayta sertifikatlashni tugatmoqda. Bundan keyin ushbu mahsulotlar sanitariya-epidemiologiya nazoratidan o‘tganidan keyin iste'molga chiqishi ko‘zda tutilmoqda. Qolgan laboratoriya yoki idoralararo sinov sertifikatlash tizimlari talab etilmaydi.
O‘tgan 2020 yilda 157 mingta shunday sertifikatlar taqdim qilingan bo‘lsa, joriy yilda bu raqamlar 60 mingtagacha kamayadi.
Bundan tashqari deklaratsiyalash mexanizmini qo‘llash amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Oldinlari bu jarayonda faqatgina sertifikatsiyalash tizimi qo‘llab kelingan. Endilikda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga o‘zlari kafolat beradi. Bu tadbirkorlarga berilayotgan qulaylik va ishonch hisoblanadi. Shuningdek, uchinchi tomon hisoblangan sertifikatsiyalash idoralaridan takroriy sinovlarni o‘tkazish talab etilmaydi.
Buning natijasida sertifikatlashadigan mahsulotlarning miqdori 540 taga kamayadi. Bu tadbirkorlar tomonidan qilinadigan sarf-xarajatlarning ham kamayishiga olib keladi», deya ta'kidladi Dilshod Sattorov.
Avvalroq, «O‘zstandart» agentligi tugatilib, uning funksiyalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi yangi Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga o‘tkazilganligi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44
-
Turkiya va AQSh Isroildan Suriyaga hujumlarni to‘xtatishni so‘radi
Jahon | 22:19
-
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi
Jahon | 22:15
-
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi
Jahon | 22:11
Mavzuga oid

20:40 / 26.02.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga rahbar tayinlandi

11:04 / 18.01.2024
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

15:37 / 12.07.2021
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga direktor tayinlandi

16:09 / 13.11.2020