Made in Uzbekistan brendini mustahkamlaş uçun nimalar qiliş kerak? Özstandart agentligi rahbari bilan suhbat
|21:09 / 13.11.20209 30912 min
Hayotda ölçamli, miqdorli bölmagan heç bir narsa yöq. Qolaversa, qadimda ham, bugungi kunda ham har bir narsa sifati bilan ölçanadi. Barça narsaning talab va me'yorlari mavjud. Tanovul qilayotgan taomlarimiz-u, kiyayotgan liboslarimizdan tortib, yaşab turgan xonadonimiz va boşqarayotgan avtomobilimizgaça – barçasining talablari bor.
Özbekistonda standartlaştiriş, sifat nazorati sohasidagi holat qanday? Tizimda qanday yutuq va kamçiliklar bor? Sohaga oid masalalar yuzasidan «Özstandart» agentligi boş direktori Dilşod Sattorov bilan suhbatlaşdik.
Sifat infratuzilmasi haqida
— Mahsulotning sifati, xavfsizligi juda dolzarb. Şu sabab 28 sentyabrda ham yiğiliş bölib ötdi. Bu yiğilişda milliy sifat infratuzilmasini şakllantiriş, milliy sifat infratuzilmasi muhitini yaratiş masalalari körib çiqildi. Bugun bizning oldimizda turgan muhim vazifa ham mahsulotlar sifati va ularning xavfsizligidir.
«Özstandart» bu – maxsus sifat infratuzilmasi va u bir yaxlit tizim. Ya'ni agentlikning öz vazifalari bor. Bundan taşqari, sifat infratuzilmalarida sinov laboratoriyalari, muvofiqlikni baholaş, sertifikatlaştiriş idoralari, akkreditatsiya markazi, standartlaştiriş instituti va şu yönalişda xizmat körsatadigan hamda me'yoriy hujjatlarini tadbirkorlar, işlab çiqaruvçilar bilan birga işlab çiqaradigan standartlaştiriş institutlari bor.
Şuning uçun har bittasining faoliyatini alohida bugungi kunda yartilgan tizim böyiça baholab boryapmiz. Har bir yönalişdagi kamçiliklar, muammolarning tahlilini qilib, bu borada bir qator qarorlar qabul qilingan. Bevosita tadbirkorlar uçraşganda ham mahsulot işlab çiqariş yoki xizmat körsatişdagi qonunçilikka töğri kelmaydigan holatlar barçasi birgalikda örganilyapti.
«Muvofiqlik sertifikati xorijda ham işonçli bölişi kerak»
— Maqsad eksportbop mahsulotlarning sifatli ekanini tasdiqlaş. Ya'ni sinov laboratoriyalari xolisona, şaffof işlaşi hamda özi ötkazgan sinovlar haqida bayonnomalar tuzib, muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylaştirişi kerak. Muvofiqlik sertifikatlari içki va taşqi işlab çiqaruvçilarga hamda iste'molçilar uçun işonçli bölişi kerak.
Buning uçun, avvalo, xalqaro akkreditatsiyaga ötiş, sinov laboratoriya bazasini yangilaş, takomillaştiriş va eng asosiysi kadrlar tayyorlaş yönalişida işlar olib borilişi lozim. Xususan, har bir laboratoriya yönalişiga mutaxassislarni tayyorlaş böyiça Jahon banki bilan loyiha amalga oşirilyapti. Buning doirasida yangi, zamonaviy, murakkab uskunalar bilan işlaydigan mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ular ingliz tilini örganib, öz bilimini oşirmoqda.
Mavzuga oid
Şuningdek, uskunalarning texnologik jihati, ular bilan işlaş yönalişlarini hamda xalqaro standartlarda belgilangan sinov usullarini özlaştiriş va xarid qilinadigan uskuna bilan sinovni amalga oşiriş böyiça öquv jarayonlari ötkaziladi.
2021 yilning 1 yanvaridan boşlab malakali mutaxassislarimiz Özbekistondagi murakkab uskunalar bilan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlarining barça körsatkiçlarini tekşira oladigan böladi. Bu oziq-ovqat xavfsizligi va uning sifatli ekanini tasdiqlab, oziq-ovqat sanoatida qayta işlangan, qöşilgan qiymati yuqori bölgan oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga eksport qilişga xizmat qiladi.
«Özstandart» agentligi boş direktori Dilşod Sattorov
«Sifatli mahsulot eksportida tadbirkor mas'uliyati ham bor»
— Mahsulotga işonç tegişli idoralar, xususiy sektorda xizmat körsatayotgan sinov laboratoriya yoki sertifikatlaştiradigan idoralarning xulosalariga boğliq. Şuningdek, karantin inspeksiyalari xulosalari, ya'ni mahsulotni sifatli deyiş uçun uning içida zararkunandalari bölmasligi, tijorat standartlariga muvofiq ölçam va hajmda bölişi kerak.
Bundan taşqari, 3-bosqiçda içida dorivor vositalari me'yordaligi, inson soğliğiga ziyon yetmasligi kafolatlanişi darkor.
Mahsulot jönatilgandan keyin, u yerda sifatsiz degan masala kötarilmasligi uçun şu yerda eksportga jönatişdan oldin, barça talablarni tadbirkor bilan birga amalga oşiriş, tadbirkorga mavjud talablarni tuşuntiriş bizning asosiy vazifamiz sanaladi.
Murakkab tuyulgan jarayon aslida sodda va oson. Bu yerda tadbirkorning ham mas'uliyati bor. Çunki u doim sifatli mahsulot yetkazib berişi kerak.
«Yevropa özbek mahsulotlariga işondi»
— Oxirgi 3 yilda biz uçun olis bölgan bozorlar ham oçilib tadbirkorlarimiz bemalol kirib boryapti. Endilikda savdoning miqdorini oşiriş kerak böladi. Çunki Yevropa mahsulotlarimizga işondi, ularni olib iste'mol qilmoqda. Biz öz ustimizda köproq işlab, yana ham sifatli mahsulot tayyorlaşimiz kerak. Bugun eksport qilinayotgan mahsulotlarga xalqaro sertifikatlaş idoralarining ham sertifikatlari berilgan. Global GAP, Organic, HACCP tizimlari va ISO-9001 sifat menejmenti tizimlari joriy qilingan. Mahsulotning özi hamda uni yetiştiriş, qayta işlaş jarayoniga sifat menejmenti tizimlari joriy qilinganligi bois, xorij bozorlari oçilib boryapti. Tadbirkorlarning sifatli mahsulot yetiştirişda erişgan yutuqlarini qöllab-quvvatlaşimiz kerak.
Xalqaro standart, milliy standart: farqi nimada?
— Butun dunyoda yuqori texnologiyalar işlab çiqariş joriy etildi. Oxirgi 2–3 yil davomida özimizda oldin mavjud bölgan davlat standartlarini xalqaro standartlar bilan uyğunlaştirişni boşladik va bu körsatkiç 40 foizdan oşdi. Yilning oxirigaça 50 foizdan oşadi.
Milliy standartlarni şakllantiriş uçun har bir sohaning öz texnik qömitasi bölib, u standartlarni körib çiqadi va tahlilini amalga oşiradi. Tahlil natijasida özimizning milliy standartlar şakllantiriladi, ular asosida mahsulot işlab çiqariş yölga qöyiladi.
Milliy standartlar kerak bölsa xalqaro standartlardan ham yuqori bölişi va biz butun dunyoga şu standartimizni olib çiqişimiz kerak.
Sifatni tekşirişda raqobat muhiti
— «Özstandart» agentligi tizimidagi sinov laboratoriyalarni qayta jihozlaş, modernizatsiya qiliş bilan bir qatorda, xususiy sektorda tadbirkorlar tomonidan juda köplab laboratoriyalar taşkil etilyapti. Ya'ni sohada raqobat muhitini şakllantiriş hamda rivojlantiriş uçun vakolatli idoralar sinov bazasi va xususiy sektor laboratoriya bazalarini kengaytiriş kerak.
Bugungi kunda yengil sanoat, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, quriliş, elektrotexnika sohasida sinov laboratoriyalari yaratilyapti. Oziq-ovqat yönalişi böyiça tadbirkorlar tomonidan Yunusobod tumanida juda katta loyiha amalga oşirilyapti. Ularda mahsulotlarning töliq sinovini ötkazadigan 4ga yaqin laboratoriya bor.
Qayd etiş kerak, ayrim hollarda xususiy sektor bizdan ham yuqori darajada jihozlangan laboratoriyalarni işga tuşirmoqda. Qança köp laboratoriya bölsa, tadbirkorga şunçalik sifatli xizmat körsatiladi.
400 mlrd sömlik 40ta laboratoriya
— «Özstandart» agentligi tizimidagi sinov laboratoriyalarni jihozlaşga oxirgi 3 yilda 38 mlrd söm yönaltirildi. Şuningdek, 2020 yilning özida Jahon banki hamkorligida viloyatlardagi 8 hududda 9,5 mln dollarlik laboratoriyalar şakllantirildi.
Şu bilan birga, yangi çiqayotgan mahsulotlarning sinovini amalga oşiradigan laboratoriyalarga ehtiyoj oşmoqda. Şu sabab kelasi yili 12ta loyiha rejalanmoqda, uning içida 40dan ziyod laboratoriya taşkil qilinadi. 8-9 yönalişni qamrab oladigan, ham içki, ham xorij buyurtmalari böyiça sinovni amalga oşiradigan laboratoriya paydo böladi. Bu 400 milliard sömga töğri keladigan loyihalardir.
Tenderni şaffof ötkaziş maqsadida xalqaro ekspertlar jalb etiladi. Uskunani olib işlamagan laboratoriyalar ham köp, aslida, xarid qilib, keltirilgan har bir uskuna xizmat qilişi kerak.
«Made in Uzbekistan» brendida agentlik örni
— «Made in Uzbekistan» brendini mustahkamlaş uçun avvalo işlab çiqariş bilan birga işlaşimiz, uni sifatli ekanini tasdiqlaşimiz va iste'molçiga yetkazişimiz kerak.
Savdo-sanoat palatasi, işlab çiqaruvçilarning özi bilan çetdagi mahsulotdan ustunlik jihatlarimizni yaratişimiz kerak.
Sifatsiz kömir xususida
— Kömirning ham navi va markalari bor. Sifat deganda uning namligi, u çiqaradigan issiqlik miqdori va uning ölçamlari eng asosiy körsatkiçlardan hisoblanadi. Bu kömirni işlab çiqariş maqsadlariga ham boğliq. Aytaylik, elektr energiya işlab çiqaradigan yirik korxonalarda kömir maydalangan holatga keltirilib yoqiladi.
Kommunal, ijtimoiy sohalarga yetkaziladigan kömirning talabi esa boşqaça böladi. Standart talablari böyiça, aholiga yetkazib berilayotgan kömir ölçami 5 sm.dan 20 sm.gaça bölişi kerak. Şuningdek, uning içidagi mayda kukun miqdori va uning issiqlik çiqaradigan körsatkiçlari ham belgilangan.
Biz iste'molçiga yetkazilayotgan kömirning sifati va yetkazilişi bilan boğliq jarayonni örgandik. Şunda namligi, issiqligi va ölçami töğri kelmaydigan 8 holat aniqlandi. Iste'molçiga nima uçun sifatsiz kömir yetkazilgani sababini aniqlayapmiz. Bu yuzasidan qöşimça ma'lumot ham beriladi.
Standartlar – bu manfaatlar töqnaşuvi(mi)? Agentlik taşqi bosimlarga qançalik bardoşli?
— Bu yerda heç qanaqa bosim yöq. Çunki agentlik bevosita mahsulot sinovini ötkazmaydi. Akkreditatsiyadan ötgan sinov laboratoriyalari mavjud. Xususiy sektor juda keng rivojlanyapti. Qolaversa, davlat idoralarining ham sinov laboratoriyalari bor. Sinov laboratoriyalarni yangilaş jarayonida şunday uskunalar olyapmizki, oldin u qölda natijani yozayotgan bölsa, bugun oddiy çekdek körsatkiçlar çiqib keladi va ma'lumot kompyuterda saqlanadi.
Ya'ni muvofiqlikni baholovçi idoralar akkreditatsiyadan ötgandan keyin mustaqil hisoblanadi. Ularga bosim yoki tazyiq ötkazişning imkoni yöq. Oziq-ovqat yönalişining özida 60dan ziyod standartlaş, 30dan ortiq sertifikatlaş idoralari bor. «Özstandart» agentligi vazifasi şu idoralarning töğri va şaffof işlaşini ta'minlaş, ularning muammolarini yeçiş, faoliyatini muvofiqlaştiriş sanaladi.
«Milliy sifat – bu xulosaga bölgan işonç bilan ölçanadi»
— Milliy sifat infratuzilmasini yaratiş deganda sertifikatlaştiriş idoralariga, uning xulosasiga işonç paydo bölişi kerakligi tuşuniladi. 16dan ziyod xorijiy sertifikatlaştiriş idoralari bizda faoliyat körsatmoqda. Ularning doimiy sifatli işlaşini ta'minlasak, maqsadga erişamiz.
Bugungi kunda köp sertifikatlar çet elga ötyapti. Sertifikatlaş idoralari şaffof işlaşi uçun informatsion texnologiyalardan foydalanilmoqda. Tekşiruv jarayonlar oçiq. Iste'molçi ham, işlab çiqaruvçi ham tekşiruv jarayonini bemalol kuzata oladi.
Soha korrupsiyadan xoli deb ayta olasizmi?
— «Özstandart» agentligida 1 noyabrdan korrupsiyaga qarşi komplayens bölimi taşkil etildi. Bu bölim tomonidan har bir holatni tanqidiy baholab, tegişli çoralar köriş va tegişli huquqni muhofaza qiliş organlariga beriş amalga oşirilyapti. Xizmat körsatiş sohalarida esa qonunçilik orqali töğri işlaşga şaroit yaratib berişimiz kerak.
Bu sohada ham raqobat muhiti rivojlansa, korrupsiyadan xoli böla boşlaydi.
«Köproq milliy mahsulotlarni xarid qilişsin»
— 12 noyabr – Xalqaro sifat kuni munosabati bilan iste'molçilarimizdan özimizning milliy mahsulotlarimizni köproq iste'mol qilişlarini sörab qolardim. Çunki bizda işlab çiqarilgan mahsulotlarning yaroqlilik muddati uzoq emasligi, ularning tabiiy narsadan tayyorlanayotganini anglatadi. Şu bois, milliy mahsulotlarimizni iste'mol qilişni, Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarga işonişlarini sörayman.
Şuningdek, xaridorlarni milliy mahsulotlarimizni savdo rastalari, savdo tarmoqlaridan xarid qilişga çorlaymiz. Çunki savdo rastalarida mahsulotni saqlaş, işlab çiqariş jarayonlari va sertifikatlariga jiddiy e'tibor qaratiladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi