Boş vazir örinbosari Jamşid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi körib çiqiladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari tizimdagi muammolarni sanab ötdi. Kompleks rahbariyati sönggi olti yilda çetdan qariyb 50 milliard dollar investitsiya kirgani haqida ma’lumot berayotgani, lekin uşbu investitsiyalarning yalpi içki mahsulotga, qöşilgan qiymatga, eksportga ta’siri qanday bölgani böyiça tahlillar yetarli emasligi qayd etildi.

Masalan, ötgan yili yalpi içki mahsulot ham, sanoat ham 6 foizga ösdi. Biroq, tovarlar eksportida kutilganidek ösiş bölmagani aytildi. Hududlarda esa moliyalaştiriş töliq yakunlangan 8 trillion sömlik 1 mingta loyiha haligaça işga tuşmagan.

Mamlakat sertifikatlarini tan oliş böyiça haligaça birorta davlat bilan kelişuvga erişilmagan. Xalqaro moliya taşkilotlari bilan qiymati 480 million dollarlik 5 ta loyiha böyiça kelişuv imzolanganiga 1−2 yil bölgan bölsada, özlaştiriş boşlanmagan. Yoki, ikki yil oldin taşkil qilingan Töğridan-töğri investitsiyalar jamğarmasiga 1 milliard dollar xorijiy investitsiya olib keliş böyiça rejalar töliq amalga oşirilişi şartligi körsatib ötildi.

Şu munosabat bilan kompleks uçun mas’ul boş vazir örinbosari Jamşid Xodjayev çorak yakunigaça özgariş qilmasa, lavozimiga loyiqligi körib çiqilişi töğrisida ogohlantirildi.

Öz tizimidagi kamçiliklar va sustkaşlik uçun Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Badriddin Abidov va Texnik tartibga soliş agentligi rahbari Dilşod Sattarov lavozimidan ozod qilindi.

Badriddin Abidov

Investitsiya kompleksiga kiruvçi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust bölgan örinbosarlari işdan böşatilib, ularga aniq KPI belgilanişi va şundan keyin bir yil muddatga şartnoma asosida işga olinişi belgilandi. Natijaga qarab şartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.