Jamiyat | 19:00 / 09.06.2021
22855
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Nest One O‘zbekistonning xalqaro biznesdagi ishonch ramzi bo‘lishiga ishonamiz”. O‘zbekistondagi eng baland bino qurilish bosqichlari tanishtirildi

7 iyun kuni Nest One ofisida jurnalistlar, jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi eng baland bino bo‘lishi kutilayotgan Nest One loyihasi qurilish bosqichlari, inshootning qulayliklari va boshqa ko‘plab ma'lumotlar taqdim etildi.

Matbuot anjumanini loyiha rahbarlari “Murad Buildings” asoschisi Murod Nazarov hamda Turkiyaning Özgüven Mimarlik qurilish kompaniyasi direktorlar kengashi raisi O‘nur O‘zgur O‘zguven olib borishdi, jurnalistlar, tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Tadbirda spiker sifatida qatnashgan O‘nur O‘zgur O‘zguven inshootning qurilish jarayoni, qiyinchiliklari haqida batafsil so‘zlab berdi:

“Pandemiya ko‘plab sohalar kabi Nest One qurilishigayam o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmadi. Ushbu loyihani 2021 yil oxirigacha yakunlashni rejalashtirgandik, ammo pandemiya bunga xalaqit berdi. Loyihani to‘liq yakunlash 2022 yil oxiriga tugatishni rejalashtirganmiz. Aniq sanasini aytishimiz qiyin. 

Bunga bir nechta faktorlar sababchi. Masalan, qurilishga ishlatilayotgan xomashyo dunyoning turli nuqtalaridan keltiriladi. Anglaganingizdek, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirguncha yetarlicha vaqt sarflanadi. Biz uchun sifat muhim va odamlar qulayligi eng birinchi o‘rinda, shu sababli loyihaga xorijning eng sifatli qurilish materiallarini ishlatamiz. Biz odamlar uchun bino quramiz. Ular biz qurgan inshootda o‘zlarini baxtli, ishonchli, xavfsiz his qilib, kelajakka umid bilan yashashlarini istaymiz va buning uchun maksimal harakat qilamiz.

Nest One'da shunday qulaylik yaratamizki, u yerda odamlar bino hududidan chiqmasdan turib, o‘zining barcha ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘ladi. Tadbirkorlar uchun ham qulay narxlarda savdo maydonlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. Nest One tadbirkorlar uchun shunchaki savdo maydoni vazifasini bajarmaydi, bu yerda eng muhim jihat bo‘lgan ishonch bor. Xorijiy investorlarni ham o‘ziga jalb etadigan binoda biznes yuritish kelajak uchun ham kafolat bo‘lishiga ishonamiz.

“Murad Buildings” asoschisi Murod Nazarov esa Nest One loyihasi O‘zbekiston uchun nima berishi, iqtisodiyotga ta'siri xususida so‘zladi:

“Menga ko‘p savol berishadi: Nest One O‘zbekistondagi eng baland inshoot bo‘ladi, deb maqtaysiz, lekin u O‘zbekistonga nima bera oladi? Bu savollarga shunday javob berardim: eng muhim bo‘lgan ishonchni beradi. Xorij davlatlariga borsangiz, mamlakat qudratini bilish uchun u yerdagi binolarga nazar solasiz. Dubayga borsak, osmono‘par binolarga tikilamiz, ulug‘vorlik, o‘ziga ishonch tuyg‘ularini his qilamiz. Toshkentda ham Nest One kabi osmono‘par inshoot bo‘lishi dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan ishonchini ta'minlab berishiga aminman.

Bu loyiha O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham katta hissa qo‘sholadi. Chunki Nest One'da qanchadan-qancha biznes faoliyatlari yo‘lga qo‘yiladi, xorijdan keluvchi investorlar uchun ham jozibador bo‘loladi. Ushbu gaplarimni bejizga aytmayapman. Inshootda o‘z maydonchasi bo‘lishini istab, xaridni amalga oshirganlar juda ko‘p. Sotuv hajmidan qoniqyapmiz. Tadbirkorlardan nega aynan Nest One'dan xonadon yoki tadbirkorlik maydoni sotib olyapsiz, deb so‘raganimda, bu yer xorijiy sheriklarni munosib kutib olishga qulay joy ekanligini aytishdi. Umumiy aytganda, Nest One O‘zbekistonning xalqaro biznesdagi ishonch ramzi bo‘lishiga ishonamiz”, - dedi Murod Nazarov.

Tadbir davomida qurilish bozori uchun yangilik bo‘lgan yangi reklama kampaniyasining boshlanishi haqida e'lon qilindi, ilgari developerlik loyihalari tomonidan bunday takliflar berilmagan. Nest One majmuasi investitsiya kiritish uchun eng daromadli loyihalardan biri hisoblanadi. Loyiha mualliflari majmuaning noyob konsepsiyasidan tashqari, xaridorlar kafolatlangan daromadga ega bo‘lishlari haqida ham e'lon qilishdi.

Ma'lumki, Nest One loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari 2019 yil centyabr oyida boshlangan. Loyihaning boshida ko‘chmas mulk sotib olgan xaridorlar bugungi kunga kelib 40 foiz daromadga ega bo‘lishgan. Yangi reklama kampaniyasiga ko‘ra, Nest One majmuasidagi istalgan ko‘chmas mulkni 100 foiz oldindan to‘lov bilan sotib olgan xaridor nafaqat 25 foiz chegirmaga, balki agar loyihaning oxirida o‘z mulkini sotishga qaror qilsa, ko‘chmas mulk umumiy qiymatining 25 foizi miqdorida keshbekka ham ega bo‘ladi.

Ya'ni, xonadon, ofis yoki do‘kon sotib olgan investor, qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng ko‘chmas mulkni 25 foiz foyda bilan qayta sotish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.Ushbu taklif jamoaning o‘z loyihasiga bo‘lgan to‘liq ishonchini, shuningdek, hozirgi pandemiya sharoitida mijozlarga eng qulay shartlarda kafolatlangan daromadga ega investitsiyani taklif etish istagini yana bir bor tasdiqlashini alohida ta'kidlaydi.

Hozir inshootning rejalashtirilgan 51-qavatidan 37-qavati qurib bitkazildi. Press-anjumandan so‘ng tadbir mehmonlari 32-qavatga chiqib, Toshkent manzaralarini yuqori nuqtadan turib tomosha qilishdi.

Yagona aloqa-markazi: +99871-200-22-88

Savdo ofisi manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 1a/1

Mo‘ljal: Lukoil Uzbekistan ofisi

Sayt: nestone.uz

Facebook: fb.com/nestone.uz

Instagram: @nestone.uz

Youtube: youtube.com/c/nestoneuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid