O‘zbekistonda tibbiyotni raqamlashtirish maqsadida mobil ilovalar ishlab chiqilmoqda – SSV

2021 yil yakuniga qadar tibbiyot tizimida «Elektron order», «Telemeditsina», «Tibbiy jihozlar hisobi», «Kadr resurslari», «Onlayn o‘qitish», «Tibbiy sug‘urta» kabi mobil ilovalar ishga tushiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Joriy yilda «Elektron order», «Telemeditsina», «Tibbiy jihozlar hisobi», «Kadr resurslari», «Onlayn o‘qitish», «Tibbiy sug‘urta» kabi tizimlarni hamda mobil ilovalarni ishga tushirish ham rejalashtirilgan. 2022–2025 yillarda yagona elektron tibbiy karta, elektron shifoxona, elektron retsept, laboratoriya va radiologiya hamda sun'iy intellektga asoslangan tizimlar amaliyotga joriy etiladi», dedi Abdulla Azizov.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda tibbiyot muassasalarida bir qator axborot tizimlari, «Elektron poliklinika», TMEK, «Narkologik dispanser», «Psixologik dispanser», «Bemor», «Emlash», «Xatlov», «Tug‘ilish va o‘lim», «PsR-test tizimi» va «103» yagona axborotlashtirilgan boshqaruv tizimi ishga tushirilgan.
«Elektron poliklinika» axborot tizimiga 423ta birlamchi tibbiyot muassasalari ulanib, 10 546 nafar tibbiyot xodimlari ro‘yxatdan o‘tkazildi hamda 9 million nafarga yaqin bemorlar haqidagi ma'lumotlar shakllantirildi. Shifokorlarning ish jadvalini onlayn ko‘rish va ularning qabuliga masofadan yozilish imkoni yaratildi.
Tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida «103» yagona axborotlashtirilgan boshqaruv tizimi Toshkent shahrida tajriba loyiha doirasida ishga tushirildi. Hozirda Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati tomonidan «103» avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uchun quyidagilarni ta'minlashga imkon beradigan dasturiy apparat kompleks joriy etilgan:
- qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, xizmat ko‘rsatish va ro‘yxatdan o‘tkazishni boshqarishning samarali mexanizmi;
- tez tibbiy yordam avtomashinalarini boshqarishni nazorat qilish, monitoring qilish va optimallashtirish;
- dispetcherlik xizmatini real vaqtda boshqarish, tahlil, ma'lumotnoma va hisobotlarni avtomatik yaratish;
- yagona ma'lumotlar bazasi shakllantirish;
- qo‘ng‘iroqlarni tezkor ro‘yxatdan o‘tkazish va bemor haqida ma'lumot olish;
- hisobot hujjatlarini yaratish, ko‘rish.
Ushbu elektron platformalar IT-Med mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Kanada, Avstriya, Litva, Koreya Respublikasi, Estoniya va Rossiya davlatlari tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish strategiyasining loyihasi ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun kontent yaratishni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi
O‘zbekiston | 16:21
-
Apple Indoneziyada smartfon sotishga ruxsat oldi
Jahon | 16:11
-
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi
Jahon | 14:55
-
Yo‘l harakati qoidalari yangi ogohlantiruvchi va qo‘shimcha axborot belgilari bilan to‘ldiriladi
O‘zbekiston | 14:51
Mavzuga oid

20:25 / 05.02.2025
Dorilarni retsept bilan sotishga qachon o‘tiladi?

14:12 / 03.02.2025
Abdulla Azizov ayrim dorilar narxi ustidan nazorat to‘xtatilishini izohladi

22:12 / 30.01.2025
“Boj to‘lovi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko‘mak bo‘ladi” - Farmagentlik rahbari

19:12 / 04.07.2024