Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonga Hindiston va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan vaksina olib kelindi. U haqda SSV va «Saniped» ikki xil ma'lumot bermoqda
Hindiston va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan «Covisheld» vaksinasi Qoraqalpog‘istonga olib kelindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Vazirlikning qayd etishicha, bu vaksina 18 yoshdan yuqori yoshdagi odamlar uchun mo‘ljallangan. Undan birinchi navbatda xorijga o‘qishga boradigan talabalar, OAV vakillari va yozuvchilar emlanishi nazarda tutilgan.
Kun.uz muxbiri vaksina haqida batafsilroq ma'lumot olish uchun Qoraqalpog‘iston sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bilan bog‘landi. Ularning bergan ma'lumotlari Qoraqalpog‘iston SSVning ma'lumotlariga to‘g‘ri kelmadi.
Boshqarma bo‘lim mudiri Adil Do‘simbetovning aytishicha, vaksina 65 yoshdan yuqori odamlarga, tibbiyot xodimlar, surinkali kasalliklar bilan ro‘yxatda turgan aholiga, maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlariga mo‘ljallangan. Vaksina 18 mart kuni 32 ming dozada Nukusga olib kelingan.
Adil Do‘simbetovning qo‘shimcha qilishicha, hozircha emlash ishlarining 1-birinchi turi yakuniga yetgan. Daslabki bosqichda 15 980 kishi emlangan. 2-turda yakunlanishi arafasida, bugungi kunga kelib 14 931 emlangan.
Mavzuga oid
18:07 / 17.07.2026
Manchesterning sobiq meri Britaniya bosh vaziri bo‘ladi
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
13:57 / 12.07.2026
Issiq tufayli Qoraqalpog‘istondagi bog‘chalar vaqtincha yopiladi
18:58 / 09.07.2026