Jahon | 00:01 / 12.06.2021
3266
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada milliy darajadagi epidemiya rejimi sentyabr oxirigacha uzaytirildi 

Germaniya parlamenti 2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan milliy darajadagi epidemiya rejimini 30 sentyabrgacha uzaytirishga qaror qildi.

Foto: Picture Alliance

DPA axborot agentligining xabar berishicha, rejim uzaytirilishi uchun 375 deputat ovoz bergan, 218 deputat qarshi chiqqan. Ushbu rejim hukumatga parlament va federal yerlar vakillari palatasi – Bundesrat ruxsatisiz muayyan cheklovlarni kiritish yoki ularning amal qilishini uzaytirishga imkon beradi.  

Ayni vaqtda Germaniyada yengil lokdaun amal qilmoqda. Maktablar va bolalar bog‘chalari ishlayapti, ba'zi federal yerlarda muzey va galereyalar faoliyat yurityapti. Ko‘plab hududlar cheklovlarni yengillashtirishga kirishmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi sutkada mamlakatda 2440ta yangi kasallanish holati qayd qilingan va umumiy hisobda 3,711 mlnga yetgan. Shuningdek, kunlik o‘lim holati 102tani tashkil qilgan, pandemiya boshidan beri esa 90 mingga yaqinlashib qoldi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid