Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda 18 yoshli qiz o‘zini «Qizketken» kanaliga tashladi. Bundan oldin u yerga 16 yoshli qiz o‘zini tashlagandi
Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berishicha, 10 iyun kuni soat 22:10 larda Nukusda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kelib tushgan xabarga ko‘ra ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan. Ular shahar hududi bo‘ylab o‘tgan «Do‘stlik» kanaliga o‘zini tashlagan qizni suvdan qutqarib olgan.
Surishtiruvlar mobaynida qiz Qorao‘zak tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro U.T. ekani ma'lum bo‘ldi. U shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Avvalroq, Mo‘ynoqda 12 va 11 yoshli aka-uka kanalda cho‘kib ketgandi. Undan oldin esa Nukusda 16 yoshli qiz o‘zini «Qizketken» kanaliga tashladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kun.uz «Qizketken» kanaliga kalla tashlagan bolalar nega halok bo‘lganiga batafsil to‘xtalgandi.
Mavzuga oid
14:08 / 02.03.2026
Ayrim hududlar aholisiga bog‘cha puli kamaytirib beriladi
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
22:13 / 26.11.2025