Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask va'dasida turib, oxirgi uyini ham sotuvga qo‘yadi
Tesla kompaniyasi asoschisi va dunyoning eng boy odamlaridan biri Ilon Mask o‘ziga tegishli uylardan oxirgisini ham sotishga qaror qilganini aytdi. Mask San-Fransisko ko‘rfazida joylashgan uyini sotib, bir yil avval bergan va'dasining ustidan chiqadi. U o‘shanda o‘ziga tegishli barcha ko‘chmas mulk va boshqa mulkining katta qismini sotishini e'lon qilgandi.
«Oxirgi uyimni ham sotishga qaror qildim. Uni biror katta oila sotib olishi kerak. Bu o‘zgacha joy», deb yozgan tadbirkor Twitter’da.
Mask katta mol-mulkka egaligi tanqid qilinganiga javoban uni sotib yuborishga va'da bergandi. Tadbirkorga tegishli oxirgi uy sotilishi haqidagi xabar esa ProPublica notijorat tashkiloti olib borgan surishtiruv natijalari e'lon qilingandan bir hafta o‘tib paydo bo‘ldi. Surishtiruvga ko‘ra, 25 nafar eng boy amerikalik, jumladan, Mask qonunda belgilangandan ancha kam daromad solig‘i to‘lagan.
2020 yil mayida milliarderga tegishli butun ko‘chmas mulk — Los-Anjyeles va San-Fransiskodagi 7ta hashamatli uy 100 mln dollarga baholangan. Mask oxirgi uyini sotgach unda birorta ko‘chmas mulk obekti qolmaydi. Milliarder 2020 yildan boshlab Texasda o‘ziga tegishli SpaceX kompaniyasiga qarashli uyda ijarada yashab kelmoqda.
Mavzuga oid
18:50 / 16.07.2026
Avtomobil va ko‘chmas mulkni sotish yo garovga qo‘yishni MyGov orqali taqiqlash imkoniyati yaratiladi
18:34 / 16.07.2026
Ipotekaga olingan uyga boshqa shaxslarni ro‘yxatga qo‘yishda bankning ruxsati talab etilmaydi
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
18:28 / 24.06.2026