Özbekistonda ipoteka hisobiga sotib olingan uyga boşqa şaxslarni bankning roziligisiz röyxatga qöyiş mumkin böldi. Bunday tartib 15 iyul imzolangan prezident qarorida körsatilgan.
Qarorga köra, taqiq yoki xatlov qöyilgan turar joyga garovga oluvçining roziligisiz yaşaş va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkazişga ruxsat beriladi. Bunda röyxatdan ötkazilayotgan şaxs mulkdorning (garovga oluvçining, taqiqni qöyişga yoki yeçişga mas’ul organning) içki işlar organlariga qilgan murojaati asosida uning röyxatdan ötkazilganligi bekor qilinişiga avvaldan rozilik berişi zarur.
Şuningdek, qarorga asosan, 2027 yil 1 yanvardan boşlab quyidagilar joriy etilişi ham belgilangan:
köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş paytida huquq egasi öz vaqtida röyxatdan ötkazuvçi organga murojaat etmaganligi aniqlanganda ma’muriy javobgarlik qöllanilmaydi va keçiktiriş muddatidan kelib çiqib röyxatdan ötkaziş uçun oşirilgan stavkalarda tölov undiriladi;
soliq tölovçiga xususiy mulk huquqi asosida tegişli bölgan turar joy meros tartibida yoki yaqin qarindoşidan hadya sifatida olingan bölsa, uşbu turar joyni sotişdan olingan daromadga soliq solinmasligi uçun belgilangan muddat vasiyat qiluvçi yoki hadya qiluvçining mazkur turar joyga bölgan mulk huquqi davlat röyxatidan ötkazilgan sanadan boşlab hisoblanadi.
1 oktyabrdan öz nomidagi SIM-karta va bank kartalari haqida ma’lumot oliş mumkin böladi

















