Özbekistonda avtomobil va köçmas mulk egalari öz mulkining sotilişi yoki garovga qöyilişiga MyGov portali orqali taqiq örnatiş mumkin böladi.

15 iyul kuni imzolangan prezident qaroriga asosan, 2026 yil 1 oktyabrdan boşlab jismoniy va yuridik şaxslar öziga mulk huquqi asosida tegişli bölgan köçmas mulklar va avtomototransport vositalarini garovga yoki ipotekaga qöyişga, şuningdek, ularni begonalaştirişga MyGov portali orqali taqiq qöyişi va taqiqni bekor qilişi mumkin böladi.

Bunda taqiq jismoniy şaxslar tomonidan Face-ID vositasida identifikatsiyadan ötgan holda, yuridik şaxslar tomonidan esa ularning muassislari (iştirokçilari, aksiyadorlari) umumiy yiğilişining qarori asosida elektron raqamli imzo orqali qöyiladi.