«Inflatsiya va dollar kursiga ta'siri yo‘q» - yangi banknotalar bo‘yicha savollarga javoblar
2 000 va 20 000 so‘mlik yangi banknotalar chiqqani so‘m qadrsizlanishiga ta'sir qilishi mumkinmi? Bir necha yil oldin 50 va 100 ming so‘mlik kupyuralar chiqarishda nega oraliq nominaldagi pul belgilaridan sakrab o‘tilgandi? Kun.uz shu kabi savollarga javoblarni taqdim etadi.
Yangi banknotalarni muomalaga chiqarish zaruriyati haqida
Markaziy bankning ma'lum qilishicha, 2 ming va 20 ming so‘mlik kupyuralarning muomalaga chiqarilishidan asosiy maqsad – aholiga qulaylik yaratish.
Regulyatorga ko‘ra, mazkur banknotalar hisob-kitoblarda to‘lovlarni amalga oshirishni osonlashtirish bilan birga, pul belgilarining nominal qatorini to‘ldirish imkonini ham beradi.
Dunyo tajribasida bunday amaliyot bor. Masalan, 1 va 5 qiymat nominalidagi banknotalar orasida 2 qiymatli, 10 va 50 qiymat nominalidagi banknotalar orasida 20 qiymatli, 100 va 500 qiymatdagi banknotalar orasida 200 nominal tartibda bo‘lishi to‘lovlarni osonlashtiradi.
Naqd pul muomalasidagi muvozanatlash jarayoni O‘zbekistonda 2018 yilda boshlangan edi. O‘tgan davrda 50, 100, 200, 500 so‘mlik yangi namunadagi tangalar muomalaga chiqarilib, eski namunadagi tangalar va banknotalar bosqichma-bosqich muomaladan qaytarib olindi.
2020 yil 1 martdan boshlab esa 25 so‘m va undan kichik nominaldagi banknotalar va tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotdi.
Nega oraliq nominaldagi pul belgilaridan sakrab o‘tilgandi?
Markaziy bank 2017 yilning mart oyidan 10 ming so‘mlik banknotalar, avgust oyidan 50 ming so‘m nominaldagi banknotalarni muomalaga chiqargan edi.
Izohlanishicha, naqd pul muomalasi erkinlashishi natijasida iqtisodiyotda va banklar orqali naqd pul aylanmalari hajmi kengayib borgan. Naqd pulda to‘lovlarni amalga oshirish, ularni olib yurish, saqlash, ayniqsa, banklarda naqd pullarni sanash, saralash va o‘rab-bog‘lash jarayonlarida qulaylik va yengillik yaratish uchun yanada kattaroq nominaldagi banknotaga ehtiyoj yuzaga kelgan.
Shu sababli 2019 yil fevralda 100 ming so‘mlik banknota muomalaga chiqarilgan.
Respublikada oxirgi paytlar naqd pulga bo‘lgan talab ortgan va uni qondirish uchun oraliq nominaldagi pul belgilaridan sakrab o‘tib, kattaroq nominaldagi banknotalarni muomalaga chiqarish zaruriyati yuzaga kelgan.
Yirik nominaldagi banknotalarni muomalaga chiqarishdan asosiy maqsad – yuqori qiymatdagi mol-mulk (masalan, uy-joy, avtomashina, tilla buyumlar, mebel, jihozlar va hokazo) hamda tovarlarni xarid qilishda to‘lovni amalga oshirish uchun qulaylik yaratish.
Hozirgi kunda butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham bank kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish kengayib borayotgani tufayli yanada kattaroq nominaldagi banknota chiqarishga zaruriyat yuzaga kelmayapti.
Yangi banknotalar so‘m qadrsizlanishiga ta'sir qilishi mumkinmi?
Markaziy bankka ko‘ra, yangi banknotalar muomalaga chiqarilishining milliy valuta qadriga, pul massasiga yoki inflatsiya darajasiga hech qanday ta'siri bo‘lmaydi. Yangi banknotaning muomalaga chiqarilishi qo‘shimcha pul mablag‘lari sifatida ko‘rilmasligi kerak.
Aholiga naqd puldagi to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida chiqarilayotgan mazkur pul belgilari muomalada bo‘lgan boshqa banknotalarning o‘rniga chiqariladi. Ya'ni muomaladagi naqd pul mablag‘lari hajmida ham, iqtisodiyotdagi pul massasi hajmida ham o‘zgarish bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotdagi pul massasi o‘zgarmaganidan keyin yangi muomalaga chiqarilayotgan banknotalar inflatsiya darajasiga va so‘mning almashuv kursiga ta'sir etmaydi.
Bunda iqtisodiy faollik tiklanishi va iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda pul massasiga, xususan, naqd pul mablag‘lariga bo‘lgan talab mos ravishda ortib boradi hamda qo‘shimcha pul mablag‘lari muomalaga chiqariladi.
Yangi qiymatdagi banknotalar ham aynan iqtisodiyotda tabiiy ravishda shakllangan pulga bo‘lgan talabning bosqichma-bosqich ortib borishi fonida boshqa qiymatdagi banknotalar bilan birgalikda chiqarib boriladi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Jahon | 23:41 / 22.01.2025
-
AQSh janubida qor bo‘ronlari sabab birinchi marta favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 23:19 / 22.01.2025
-
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Mavzuga oid
19:33 / 16.01.2025
Markaziy bank 100 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqaradi
19:46 / 15.01.2025
Naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 19,2 foizgacha kamaydi – Markaziy bank
13:40 / 15.01.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan – Markaziy bank so‘rovnomasi
23:28 / 11.01.2025