Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Mamlakat Senati rossiyaliklarga fuqarolikni olishni amalda taqiqlovchi qonunni ma’qulladi. Yangi qonunga muvofiq Chexiya fuqaroligini olish uchun berilgan arizalar Rossiya-Ukraina urushi tugaganidan keyingina ko‘rib chiqiladi.

Foto: Unsplash
Chexiya Senati rossiyaliklarga mamlakatda fuqarolikni olishni amalda taqiqlovchi qonunni ma’qulladi. Lex Ukraine nomli qonun asosan ukrainalik qochqinlarning vaqtinchalik himoyasini uzaytirish, rossiyaliklar uchun pasportlar to‘g‘risidagi qoidalarga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutadi.
Yangi qonunga muvofiq Chexiya fuqaroligini olish uchun berilgan arizalar Rossiya—Ukraina urushi tugaganidan keyingina ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, qonun bilan Chexiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan rossiyaliklardan RF pasrportidan voz kechish talab qilinadi. Fuqarolik olish uchun hozirgacha berilgan barcha arizalar muzlatiladi.
Bunda faqat voyaga yetmaganlar, boshpana so‘rovchilar va Rossiya rejimiga qarshilarga istisno qo‘llanadi. Fuqarolikka da’vogar rossiyaliklar dissidentlarga o‘zlarining aloqasi yo‘qligini qanday isbotlashi noma’lum.
Qonun, shuningdek, Chexiya qonunchiligiga «xorijiy davlat bilan ruxsat etilmagan hamkorlik» uchun jinoiy javobgarlikni ham kiritadi. Muxolifat mazkur bandni tanqid qilib, undan siyosiy ta’qiblar maqsadida foydalanish mumkinligini ta’kidladi.
Senatdagi muhokamada keyin qonunni 73 nafar senatorning 21 nafari qo‘llab-quvvatlagan — norozi senatorlar o‘z tuzatishlarini kiritmagani bois hujjat ma’qullandi deya hisoblangan. Qonun kuchga kirishi uchun prezident tomonidan imzolanishi kerak, ammo bu shunchaki rasmiyatchilik bo‘lib qoladi, chunki u oldinroq ushbu hujjatning qabul qilinishiga e’tiroz bildirmasligini aytgandi.
Chexiyada yashovchi huquq himoyachilari va ruslar ma’lum bir mamlakat fuqarolariga mamlakat fuqaroligini berishni taqiqlash diskriminatsiya sifatida baholanishi mumkinligini ma’lum qilgan. O‘zgartirishlar tarafdorlari esa bu yerda diskrimiatsiya yo‘qligi, chunki boshqa davlat fuqaroligini olish ajralmas huquq hisoblanmasligini ta’kidlagan.
RF Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Chexiya YeI davlatlari orasida rossiyaliklarga nisbatan eng qat’iy cheklovlarni joriy etdi — turistik vizalar va yashash huquqini taqdim etuvchi ruxstanomalar berishni butunlay to‘xtatdi, shuningdek, Shengen zonasidan tashqaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni taqiqladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 08:10
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
Mavzuga oid

22:06 / 20.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya armiyasining Ukrainadagi yo‘qotishlari 900 ming kishiga yetdi

21:54 / 20.03.2025
Yevroittifoq Rossiya aktivlarini musodara qilish muhokamasini to‘xtatdi

20:30 / 20.03.2025
Kreml: Rossiya va AQSh 24 mart kuni g‘alla bitimini tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

10:51 / 20.03.2025