Yangiqo‘rg‘onda hokimiyat binosi oldiga qo‘ylar haydab borildi. Holatga hokimlik munosabat bildirdi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida «Mubosher Laziz Azizbek fayz» MChJga qarashli qo‘ylar hokimiyat binosi oldiga haydab borildi. Holat bo‘yicha tuman hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Jo‘raboy Oxunov Sharq Yulduzi” agrofirmasi hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «Mubosher Laziz Azizbek fayz» MChJ rahbari U. Muhiddinov 2020 yilning 4 avgust kuni Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasiga chorva hayvonlarini boqish uchun 30 gektar yer maydoni so‘rab murojaat qilgan.
«Ushbu murojaat tuman hokimligining tegishli mutaxassislari hamda «Mubosher Laziz Azizbek fayz» MChJ rahbarining shaxsan ishtirokida o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida tuman hokimligi tomonidan MChJ rahbariga tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan tadbirkor o‘zi faoliyat yuritayotgan “Jo‘ra Oxunov-Sharq Yulduzi” agrofirmasi hududida joylashgan bir necha adirlik, yaylov yerlar taklif etilgan. Biroq ular U. Muhiddinovning maydonga yaqin joyda chiqindixona mavjudligi, boshqa maydon esa qo‘yxonasidan uzoqdaligi kabi vaj bilan rad etilgan.
U. Muhiddinovning talabiga, xohishiga javob beradigan maydon esa “Bolgar sharob” qo‘shma korxonasi qoshidagi “Yangiqo‘rg‘on marvaridlari” UK egaligidagi yerlar hisoblanadi.
Unitar korxona ham huquqiy sub'yekt egasi hisoblanishi bois, ushbu yer maydonini «Mubosher Laziz Azizbek fayz» MChJ tasarrufiga olib berishning amalda imkoni yo‘qligi murojaatchiga tushuntirilgan. Shunday bo‘lishiga qaramay, murojaatchi faqat shu maydonni talab qilayotganiga e'tibor berish joiz», tuman hokimligi bergan munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga qo‘y suruvi haydab kelingan edi va bu katta muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

11:56 / 28.05.2025
Sariosiyoda 300 bosh qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi

15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi

13:38 / 19.10.2024
Toshkent viloyatida qo‘ylarni urib yuborgan “Spark” yonib ketdi

10:22 / 08.07.2024