Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda yerto‘ladan kabel o‘g‘irlayotgan shaxs qo‘lga olindi
Nukusda tungi vaqtda yerto‘ladan kabel o‘g‘irlayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 6 iyun kuni soat 23:00lar atrofida ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida fonar bilan harakatlanayotgan fuqaro IIB xodimlari e'tiborini tortgan. Vazirlik safdorlari A.Usenov va Ye.Mambetmuratov voqea joyiga borgan.
Xodimlar ushbu shaxs tomonidan kabellar kesib olinayotganligini aniqlagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Nukusda er-xotin salkam 1 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilib yuborgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
14:08 / 02.03.2026
Ayrim hududlar aholisiga bog‘cha puli kamaytirib beriladi
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
22:13 / 26.11.2025