Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya 16 yil ichida ilk bor boshqa davlatga xayriya mablag‘i ajratdi
Foto: Reuters
Dunyoning eng nochor davlatlaridan biri Shimoliy Koreya BMTning Myanmaga insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha tashabbusiga 300 ming dollar ajratdi.
BMTning insonparvarlik faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan Myanmani koronavirusga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash, unga oziq-ovqat va insonparvarlik yordami ko‘rsatish loyihasiga mablag‘ ajratgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya oxirgi marta BMT rahbarligidagi yordam loyihasiga 2005 yilda xayriya mablag‘i ajratgan.
Ta'kidlash joiz, Shimoliy Koreya va Myanma do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.
Shimoliy Koreya 1 fevralda amalga oshirilgan harbiy to‘ntaruvdan keyin og‘ir vaziyatda qolayotgan Myanmaga ko‘mak ko‘rsatish loyihasida ishtirok etayotgan 10dan ko‘proq davlat orasiga kiradi. Jumladan, shunday davlatlardan biri Janubiy Koreya ushbu loyiha doirasida Myanmaga 600 ming dollar ajratgan. Myanmaga eng katta xayriya mablag‘ini esa AQSh yo‘naltirgan va uning qiymati 23 mln dollardan ziyodni tashkil qilgan.
O‘zi ham iqtisodiy nochor ahvolda bo‘lgan Shimoliy Koreya kamdan kam holatlarda xayriya amalga oshiradi. Avvalroq mamlakat yetakchisi Kim Chen In Shimoliy Koreyada oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyat o‘ta og‘irligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:02 / 05.11.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga yana besh ming askar yubordi
10:18 / 22.10.2025
Shimoliy Koreya sharq tomon bir nechta ballistik raketalarni uchirdi
15:45 / 22.09.2025
Kim Chen In AQSh bilan muzokaralarga ochiq, ammo yadro qurolidan voz kechmaydi
07:30 / 22.09.2025