Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda prezident tashrifi oldidan ekilgan butalar tashrifdan keyin olib qo‘yilgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat hokimligi va shahar hokimi izoh berdi
19 iyun kuni internetda prezident tashrifi munosabati bilan Andijon shahrida ko‘chalar chetlariga ekilgan archalar va gullar qaytadan kavlab olinayotgani haqidagi video tarqaldi. Andijon viloyati hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videolavhada aks ettirilgan holat shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda tasvirga tushirilgan. Obodonlashtirish ishlari olib borish jarayonida gullarga shikast yetmasligi uchun ular tasvirda aks etgan avtomashina yordamida soya-salqin joyga bir oz muddatga ko‘chirib turilgan.
«Yo‘lning 50 metr uzunlikdagi qismida olib borilgan bu tadbir davomida ekologlar tavsiyasiga ko‘ra, qayta o‘tqazilgan ko‘chatlarning yanada o‘sib rivojlanishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratilgan. Ayni paytda bu manzarali butalar yana o‘z joyiga qayta o‘tqazilgan», deyiladi hokimlik munosabatida.
Andijon shahri hokimi Bahromjon Haydarov ham ushbu video yuzasidan izoh bergan.

U «bu daraxtlar 24 soat davomida parvarishga muhtojligi»ni qayd etib o‘tgan.
«Qurigan joylarini olib, boshqatdan ekamiz. Bu jarayon doimiy davom etadi», degan u va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu holatni prezident tashrifi bilan bog‘lamaslikni so‘ragan.
Qayd etish kerakki, viloyat hokimligi va shahar hokimining izohlari bir-birini rad etmoqda. Viloyat hokimligi xabarida archalar va gullar salqinga olingani va yana joyiga qaytarilgani aytilgan, Bahromjon Haydarov esa qurigan daraxtlar almashtirilgani haqida gapirgan.
Shuningdek, viloyat hokimligi archalar va gullar qachon salqinga olinib, qachon joyiga qaytarilganiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatida bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 16:11 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
Iqtisodiyot | 15:25 / 20.08.2025
O‘zbekistonda insultni davolash uchun maxsus shifoxona ochiladi
O‘zbekiston | 20:43 / 19.08.2025
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50 / 19.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Rossiya 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini bergan
Jahon | 00:39
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun to‘rtta yo‘lo‘tkazgich quriladi
O‘zbekiston | 23:16 / 25.08.2025
-
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
O‘zbekiston | 22:39 / 25.08.2025
-
Tramp Rossiya va Ukraina mojarosini «shaxsiy» deb atadi va to‘xtatishga va’da berdi
Jahon | 22:35 / 25.08.2025
Mavzuga oid

07:33 / 22.08.2025
Andijonning ikki tumani «Tashabbusli budjet» 2-mavsumidan chetlatildi

14:59 / 15.08.2025
«Nasaf» va «Andijon» Osiyo Chempionlar Ligasidagi raqiblarini bilib oldi

11:36 / 13.08.2025
Andijon aeroporti xalqaro reyslarni qabul qilishni qayta tikladi

09:46 / 08.08.2025