Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor va Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahridagi ikki tumanning ayrim joylarida gaz vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Shayxontohur tumani matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chilonzor tumani Olmazor ko‘chasida joylashgan Oliy Majlis binosi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan gaz quvurini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Ushbu ishlarni bajarishda 22 iyun kuni soat 10:00dan soat 18:00gacha quyidagi joylarda gaz ta'minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Chilonzor tumani:
- «Katta Olmazor» MFYdagi 2862ta xonadon;
- «Beshyog‘och» MFYda 584ta xonadon.
Shayxontohur tumani:
- Navoiy ko‘chasida joylashgan 1–8-sonli ko‘p qavatli uylar;
- Nest One turar joy majmuasi.
Bundan tashqari, hududdagi ulgurji iste'molchilarga gaz yetkazib berish ham to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026