Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkent shahri Chilonzor va Bektemir tumanlarining ba'zi joylarida 24- va 25 iyun kunlari gaz ta'minoti to‘xtatiladi.
«Hududgaz poytaxt» matbuot xizmati xabar berishicha, 2021–2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Chilonzor tumani Novza mahallasi hududida yangi yo‘l tushayotgani sababli mavjud D-57 millimetrli o‘rta bosim gaz ustunini, quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari, «Hududgaz poytaxt» GTFning «Chilonzortumangaz» gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan 2021 yil 24 iyun kuniga rejalashtirilgan.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda 2021 yil 24 iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste'molchilarida gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Aholi iste'molchilar:
- Chilonzor tumani 5-mavzedagi 55 ta ko‘p qavatli uy, 2762 ta xonadon;
- 6-mavzedagi 60 ta ko‘p qavatli uy, 3225 ta xonadon;
- 1-mavzedagi 55 ta ko‘p qavatli uy, 2467 ta xonadon;
- 2-mavzedagi 55 ta ko‘p qavatli uy, 2587 ta xonadon;
- 3-mavzedagi 58 ta ko‘p qavatli uy, 2575 ta xonadon.;
- «Novza» mahallasidagi 48 ta ko‘p qavatli uy, 2375 ta xonadon;
- « Chilonzor» mahallasidagi 1448 ta xonadon;
Ulgurji iste'molchilar:
- Chilonzor tumani 1-2-3-5-6 — mavze va «Novza» MFYdagi barcha ulgurji iste'molchilar.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026