Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda hokimiyat zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida hokimiyat zaxirasida turgan bo‘sh yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. fuqaro D.ning ishonchiga kirib, firibgarlik qilgani aniqlangan. M.B. unga hokimiyat zaxirasida turgan 12 sotix bo‘sh yer maydonini tanishlari orqali uy-joy qurish uchun olib berishni va'da qilib, evaziga 70 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:29 / 05.03.2026