O‘zbekiston | 09:41 / 05.06.2021
1433
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda «o‘qishga kiritadigan» firibgar qo‘lga tushdi

Qarshi shahrida 3 nafar fuqaroni «Abu Ali Ibn Sino» nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, firibgar uch nafar fuqaroning qizlarini texnikumga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishini va'da qilib, ularning har biridan 600 AQSh dollaridan jami 1800 AQSh dollari olgan. Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.K. aybiga iqror bo‘lgan. Shuningdek, fuqarolardan olgan 1800 AQSh dollaridan 400 AQSh dollarini qaytarib bergan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid